+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com

Axborot xizmati

Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi

08-12-2024 10:02   59

Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlaridan videolavha

Batafsil

 

KONSTITUTSIYA – XALQ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI

07-12-2024 09:51   66

Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Shu kunlarda asosiy Qomusimiz qabul qilinganligi bayram tantanalari keng nishonlanmoqda. 

Batafsil

 

“Imom al-Buxoriy va Sukarno” spektakli premyerasi haqida videolavha (Samarqand MTRK)

23-11-2024 09:18   63

Kattaqo’rg’on shahar drama teatri va Indoneziya Respublikasi "Bumi Purnati" teatr ijodkorlar bilan tayyorlangan “Imom al-Buxoriy va Sukarno” spektakli premyerasi haqida (Samarqand MTRK)

Batafsil

 

Narpay tumani maktab o‘quvchilariga spektakllar namoyish etildi

22-11-2024 19:07   72

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan A.Avloniy asari, rejissyor M.Ro‘ziyev tomonidan sahnalashtirgan "Advokatlik oson-mu?" va Vladimir Orlov asari J.Jomonov tarjimasi, rejissyor Mamaniyoz Ro‘ziyev tomonidan sahnalashtirilgan "Mening mehribon dadam" spektakllari Narpay tumanidagi 24-maktab o’quvchilariga namoyish etildi.

Batafsil

 

Kuzgi ta'til davomida bolajonlarga spektakllar namoyish etilmoqda

03-11-2024 09:45   85

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tuzilgan reja grafik asosida hafta davomida spektakl namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan "Alvido bolalik", "Super quyon" va "Qorashox va olmaxon" nomli spektakllar namoyishi boʻlib oʻtmoqda. Bolalar uchun qoʻyilayotgan mazkur rang barang spektakllar yoshlarning ruhiyatiga mos kelishi oʻrganilib keyin namoyish etilmoqda. Taqdim etilayotgan spektakllar bolalarga yoqmoqda.

Batafsil

 

"Buyuk turon" asari Badiiy Kengash a'zolariga muvaffaqiyatli topshirildi

07-10-2024 18:06   135

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining 2024-yil repertuar rejasiga asosan sahnalashtirilishi belgilangan Iftixar Piriyev qalamiga mansub "Buyuk turon" asari, rejissyor Asqar Xolmo'minov tomonidan sahnalashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tajixanov boshchiligidagi Badiiy Kengash a'zolariga muvaffaqiyatli topshirildi.

Batafsil

 

"Buyuk turon-1" asari Badiiy kengash aʼzolari tomonidan nazorat koʻrigi oʻtkazildi

27-09-2024 17:49   151

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrining 2024-yil repertuariga muvofiq 6 ta mustaqil turkiy davlatlardan taklif etilgan ijodkorlar tomonidan sahnalashtirilayotgan "Buyuk turon-1" asarini Vazirlikning Badiiy kengash aʼzolari tomonidan nazorat koʻrigi oʻtkazildi. Bundan tashqari nazorat koʻrigiga tarixchi olimlar Gʻaybulla Boboyorov, Joʼliboy Eltnazarovlar ham ishtirok etishdi. Rejissyor Asqar Xolmoʼminov tomonidan sahnalashtirilayotgan ushbu asar shu yilning 30-oktyabr kuni Vazirlikning Badiiy kengash aʼzolariga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Batafsil

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida 104-mavsum ochilishi

10-09-2024 18:53   104

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining "104-mavsum ochilishi" munosabati bilan teatr binosida tantanali tadbir tashkil etildi. Mavsum ochilishi tadbirini Kattaqo’rg’on shahar hokimi G.Alimova hamda teatr direktori B.Tugalovlar ochib berdi. Tadbir davomida teatrni bir asrlik faoliyati tadbir ishtirokchilariga tanishtirildi. Tadbirda Kattaqo’rg’on shahrining ko’plab ziyolilari va shahar yoshlari qatnashdi. Mavsum ochilishining so’ngida Farmon Toshev qalamiga mansub, rejissyor G‘ofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilgan "Qaltis qadam" spektakli namoyish etildi.

Batafsil

 

Bahodir Yoʻldoshev tavalludining 79 yilligi

09-09-2024 09:30   120

O’zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti, rejissyor (marhum) Bahodir Yoʻldoshev tavalludining 79 yilligi munosabati bilan Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida xotira kechasi bo’lib o’tdi.

Batafsil

 

Turksoy rahbari “Buyuk turon-1” spektakli ijodiy jarayoni bilan tanishdi

31-08-2024 10:55   130

Kattaqo’rg’on shahar drama teatri tashabbusi bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (Turksoy) hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi  hamkorligida olti mustaqil Turkiy davlatlar ijodkorlari tomonidan “Buyuk turon-1” asari Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida sahnalashtirilmoqda. Mazkur asarni sahnalashtirish uchun O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Turkiya Respublikalaridan taniqli teatr san’ati ustalari va tarixchi olimlar jalb etilgan. Ushbu ijodiy jarayon bilan tanishish maqsadida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti rahbari Sultan Raev hamda Madaniyat vaziri o’rinbosari Yusufjon Usmonovlar Kattaqo’rg’on shahar drama teatriga tashrif buyurib, ijodiy jarayon bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu turk xalqlari tarixini yoritib beruvchi “Buyuk turon-1” spektakli premyerasi sentyabr oyining so’ngiga rejalashtirilgan…

Batafsil

 

Prokuratura xodimlariga “O’qlov” spektakli namoyish etildi

17-08-2024 15:09   137

Kattaqo’rg’on shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan Samarqand viloyati prokuraturasi, Kattaqo’rg’on tuman va shahar prokuratura xodimlariga R.Muhammadjonov asari asosida, rejissyor Alisher Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “O’qlov” spektakli namoyish etildi.

Batafsil

 

Xalqlar do‘stligi kuni nishonlandi

30-07-2024 15:11   136

30 iyul sanasi mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangan. 2021 yildan buyon ushbu kun yurtimizda o‘ziga xos bayram sifatida keng nishonlanishi an’anaga aylangan.  

Batafsil

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing