+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com

Chet el gastrollari

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi Qozog‘istonda gastrol safarida

21-05-2024 17:55   66

Ayni kunlarda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi gastrol safari bilan Qozog’iston Respublikasida bo’lib turibdi. Teatr jamoasini Chimkent shahridagi O'zbek drama teatri hamda Chimkent shahar Qo'g'irchoq va yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasi tantanali kutib oldilar. Qardosh mamlakatdagi hamkasblarimiz tomonidan Kattaqo'rg'on shahar drama teatri jamoasi uchun Turkuston va Chimkent shaharlari bo’ylab sayohat tashkil qilindi. Bundan tashqari Kattaqo'rg'on shahar drama teatri ijodiy jamoasi va Chimkent shahar Qo'g'irchoq va yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasi bilan davra suhbati o'tkazildi. Kattaqo'rg'on shahar drama teatri ijodiy jamoasi safar davomida Qozog’iston Respublikasining Chimkent, Turkiston va Olmaota shaharlarida o'zining spektakllarini namoyish etishni rejalashtirgan.

Batafsil

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi Minsk shahar Yangi drama teatriga gastrol safari bilan tashrif buyurishdi

27-12-2023 18:19   106

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi, Belarus Respublikasining Minsk shahar "Yangi drama teatri"ga ikki teatr o‘rtasida tuzulgan hamkorlik Memorandum ijrosi yuzasidan gastrol safari bilan tashrif buyurib,  I.CHernishev asari, X.Egamberdiyev tarjimasi, rejissyor Feruzbek Abdurayimov tomonidan sahnalashtirilgan "Super-quyon va Qorbobo" ertak komediya spektaklini namoyish etdi

Batafsil

 

"Advokatlik oson-mu" Tojikistonda namoyish etildi

12-12-2023 11:17   129

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahar "V.Maykovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatri"da Abdullo Avloniy asari asosida rejissyor Mamaniyoz Ro‘ziyev tomonidan sahnalashtirilgan "Advokatlik oson-mu" deb nomlangan spektakli namoyish etildi.

Spektakl Tojikiston xalqiga manzur kelib, tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi. Spektakl so‘ngida teatr ixlosmandlari bilan aktyorlar o‘rtasida uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi Tojikiston davlat rus drama teatriga gastrol safari bilan tashrif buyurishdi

09-12-2023 11:34   115

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahar "V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatri"ga ikki teatrlar o‘rtasida tuzilgan Memorandum ijrosi yuzasidan ijodiy gastrol safari bilan tashrif buyurishdi.

"V.Maykovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatri" jamoasi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasini tantanali kutib oldi va tanishtiruv marosimlari, ikki qo‘shni xalqlar teatr jamoalari ijodiy uchrashuvlari tashkil qilindi. Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi spektaklga tayyorgarlik ko‘rish ishlariniham boshlab yubordi.

Batafsil

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri Qozog‘iston Respublikasi Alma-ata shahar "Yosh tomoshabinlar teatri"ga gastrol safari bilan tashrif buyurdi

10-05-2023 11:06   136

Yosh tomoshabinlar teatri jamoasi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasini tantanali kutib oldi va tanishtiruv marosimlari, ikki qardosh xalqlar teatr jamoalari ijodiy uchrashuvlari tashkil qilindi. 

Batafsil

 

"Erta qaytgan turnalar" Qirg‘izistonda namoyish etildi

02-05-2023 19:13   151

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining Qirg‘iziston Respublikasidagi gastrol safari davomida, Qirg‘iz xalqining buyuk adibi Chingiz Aytmatovning 95 yillik yubileyi munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan "Erta qaytgan turnalar" spektakli, Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahar Qirg‘iz milliy akademik drama teatri sahnasida namoyish etildi.

Batafsil

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi Qirg‘iz davlat milliy akademik drama teatriga gastrol safari bilan tashrif buyurishdi

29-04-2023 08:54   193

Qirg‘iz davlat milliy akademik drama teatri jamoasi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasini tantanali kutib oldi va tanishtiruv marosimlari, ikki qardosh xalqlar teatr jamoalari ijodiy uchrashuvlari tashkil qilindi. 

Batafsil

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi Ozarbayjonda gastrolda

05-12-2022 20:48   149

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri Ozarbayjon Respublikasi Baku va Ganja shaharlarida gastrol safarida bo‘ldi. Teatri jamoasi Ozarbayjon Davlat Akamedik Teatri sahnasida Majid Shamhalov asari, Oybek Veysal o‘g‘li tarjimasi, rejissyor Ozarboyjon san'at arbobi Asker Askerov sahnalashtirgan "Qaynona" spektaklini ijro etdi.

Batafsil

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing