Yosh tomoshabinlar teatri jamoasi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasini tantanali kutib oldi va tanishtiruv marosimlari, ikki qardosh xalqlar teatr jamoalari ijodiy uchrashuvlari tashkil qilindi.
Shuningdek, teatrning o‘ziga xos tarixi ifodalangan teatr muzeyiga ham sayohat tashkil qilinib, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi tomonidan CHingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan "Erta qaytgan turnalar" spektakli namoyish qilindi.
Qozog‘iston mahalliy ko‘p sonli tomoshabinlari tomonidan spektakl iliq kutib olindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 16/01/2024 21:12; Ko‘rilganligi: 269
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 10:38