+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Teatr vazifalari va funksiyalari

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining vazifasi va funksiyalari

1. Quyidagilar teatrning vazifalari hisoblanadi;

  • buyuk ma'naviy me'rosimiz, betakror qadriyatlarimiz, an'analarimizni izchil davom ettirish, ularni yangi davr talablari asosida boyitib borish va rivojlantirish, bu sohadagi ilg‘or uslublarini milliy ruh bilan uyg‘unlashtirgan holda teatr san'atiga tadbiq etib borish.
  • milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlari yaratish asosida o‘zbek milliy teatr san'ati taraqqiyotiga hissa qo‘shish.
  • xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga barkamol sahna asarlari bilan hissa qo‘shib borish.
  • iste'dodli san'atkorlar, yosh aktyorlar, dramaturglar, rejissyorlar va sahna san'atining barcha ijodkorlari salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qilish.
  • mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan manaviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, xorijiy teatrlar bilan ijodiy muloqot va amaliy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro festivallarda o‘zbek teatri yutuqlarini munosib ravishda namoyish etishga erishish.
  • o‘zbek va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirish orqali milliy va umumbashariy qadriyatlarini tarannum etish, keng xalq ommasini, ayniqsa yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy, g‘oyaviy dunyoqarashlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish. jahon va milliy teatr san'atining ilg‘or zamonaviy yo‘nalishlarini tadbiq
  • etish, teatr sohasida yosh iste'dodlarni izlab topish, oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, aktyor va rejissyorlarni malaka oshirishlarini tashkil etishga ko‘maklashish, teatr qoshida umidli yoshlardan studiya tashkil etish va undan samarali foydalanish.
  • yuksak badiiy saviyadagi spektakllar yaratish uchun loyihalar asosida sahna asarlariga buyurtmalar berish, yetuk san'atkorlarni shartnoma asosida ishga taklif  etish va ularga barcha shart-sharoitlar yaratish.

2. Teatr o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni bajaradi;

  • ko‘rgazmalar, festival, ko‘rik-tanlov, ma'ruzalar, madaniyat, san'at ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, benefis, teatr spektakllari, maxsus tayyorlangan dasturlar, dam olish va ijodiy kechalar, maqsadli teatrlashtirilgan marosim kechalari va boshqa tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish.
  • xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz qalbida milliy  istiqlol tuyg‘ularini shakllantirish,  ularni ona Vatanga muxabbat,  umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm  g‘oyalariga sadoqat ruhida barkamol tarbiyasi uchun sahna asarlarini sahnalashtirish bilan hissa qo‘shib borish;
  • teatr va tomosha san'ati oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali tashkil etish uchun xodimlarning malakasini oshirish choralarini ko‘rish, ularni ma'naviy va ijtimoiy jixatdan qo‘llab-quvvatlash, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishning samarasi usullarini joriy etish;
  • teatr va tomosha san'atini keng targ‘ib etish maqsadida mamlakatimiz va chet ellarda muassasalar bilan madaniy ilmiy-ijodiy, iqtisodiy hamkorlik qilish yuzasidan o‘zaro manfaatli shartnomalar, memorandumlar tuzish;
  • milliy istiqlol g‘oyasiga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlarini sahnalashtirish orqali o‘zbek milliy teatr va tomosha san'ati taraqqiyotiga hissa qo‘shish;
  • aholi turmush madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar, marosimlar, milliy bayramlarni tiklash hamda davom ettirishda ko‘maklashish;
  • mamlakatda va xorijda teatr va konsert-tomosha gastrol faoliyatining keng ko‘lamli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Oxirgi o‘zgarish: 13/01/2023 13:35;   Ko‘rilganligi: 211
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/theater-documents/tasks-functions
Chop etilgan vaqti: 17/09/2024 11:46
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing