+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Bosh sahifa / Virtual qabulxona

Virtual qabulxona

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash

  1. Teatr direksiyasida fuqarolarning og‘zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining “ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida amalga oshiriladi.
  2. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas'uliyat Teatr direktori o‘rinbosarlari, bo‘lim direktorlari zimmasiga yuklanadi.
  3. Teatrda fuqarolar Teatr direktori, o‘rinbosarlari, bo‘lim direktorlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish Teatr buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e'tiboriga yetkaziladi.
  4. Teatr direktori va o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar hududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.
  5. Har bir fuqaroning qabulidan so‘ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo‘yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qabulda ko‘tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik apparatining tegishli bo‘linmasi va umumiy bo‘lim rahbarlari tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.
  6. Teatrga kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab Teatr direktori ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi. Direktor tomonidan murojaatni o‘rganish bo‘yicha berilgan topshiriq devonxona ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ushbu jarayon Teatr devonxona mutaxassisi tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.
  7. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib chiqish uchun direktor yoki ushbu murojaat ko‘rib chiqish uchun yuborilgan mutaxassis tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin. Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi (qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno) va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kun muddat ichida ma'lum qilinadi.
    Ariza va shikoyatlar Teatrga tushgan kunidan e'tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.

    Ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati direktor tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma'lum qilinadi.
    Teatrga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha o‘sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko‘rib chiqilishi natijalari to‘g‘risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.
  8. Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek, imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
  9. Fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalarni hal etish Teatrning vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.
  10. Teatr direksiyasi devonxona mutaxassisi har kunning oxirida fuqarolarning murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ular bilan olib borilgan ishlarni tahlil qiladi, qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi. Oy yakunlari bo‘yicha Teatrga fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni mazmuni bo‘yicha tahlil qiladi. Tahliliy ma'lumotlarni Teatr yig‘ilishlari muhokamasiga kiritadi.


 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing