"Imom Al-Buxoriy va Sukarno" shou-spektakli [VIDEO]

10-12-2024 09:57 72
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri (O‘zbekiston) va Bumi Purnati prodyuserlik kompaniyasi (Indoneziya) hamkorligida sahnalashtirilgan "Imom Al-Buxoriy va Sukarno" shou-spektakli.
Rejissyorlar: Valixon Umarov (O‘zbekiton xalq artisti) va Ahmad Fauzi (Indoneziya)
Mualliflar: Go‘zaloy Solih (O‘zbekiston) va Ahmad Fauzi (Indoneziya)
"Imom al-Buxoriy va Sukarno" spektakli namoyishi

20-11-2024 09:04 79
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida Indoneziya Respublikasi Jakarta shahar "Bumi Purnati" teatri bilan hamkorligida Ahmad Fauzi va Go’zaloy Matyoqubovalar qalamiga mansub rejissyor, “O’zbekiston Xalq artisti” Valixon Umarov tomonidan "Imom al-Buxoriy va Sukarno" spektakli sahnalashtirildi.
"Imom al-Buxoriy va Sukarno" spektaklidan lavhalar

16-11-2024 18:59 75
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida "Buni Purnati" teatri bilan hamkorlikda rejissyor, “O’zbekiston Xalq artisti” Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilayotgan "Imom al-Buxoriy va Sukarno" spektaklidan lavhalar…
Teatrimizning Indoneziyadagi hamkori "Bumi Purnati" teatri ijodkorlari Kattaqo‘rg‘on shahriga yetib kelishdi

12-11-2024 08:51 81
Oldin xabar berganimizdek Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrining Indoneziya Respublikasidagi hamkori "Bumi Purnati" teatri ijodkorlari tomonidan hamkorlikda sahnalashtirilayotgan dramaturg Goʻzaloy Matyoqubova qalamiga mansub "Imom al-Buxoriy va Sukarno" asari “Oʻzbekiston xalq artisti”, rejissyor Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilmoqda. Shu kunga qadar online ishlayotgan asarni ijodkorlarini bir sahnada ijro qilish hamda muhlislarga namoyish qilish maqsadida 25 nafardan iborat Indoneziyalik ijodkorlar Kattaqoʻrgʻon shahriga tashrif buyurdi. Ushbu spektaklni boshqa spektakllardan farqi shundaki, Indoneziyalik asar qahramonlarini ushbu mamlakat aktyorlari va O’zbekistonlik asar qahramonlarini Kattaqo’rg’on shahar drama teatri aktyorlari ijro qilmoqda.
Indoneziyalik mehmonlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

08-07-2024 20:00 141
Indoneziya Respublikasining “Bumi Purnati” teatri rahbari Restu Kusumaningrum xonim boshchiligidagi ijodiy guruh hamda Indoneziya Respublikasi Talim, Madaniyat, Tadqiqotlar va Texnologiyalar vazirining Madaniyat va san’at ishlari bo’yicha I-o’rinbosari Hilmar Farid janoblari va Kattaqo’rg’on shahar drama teatri ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ijodiy uchrashuv bilan bir qatorda Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida Indoneziyalik va O’zbekistonlik ijodkorlar tomonidan sahnalashtorilishi belgilangan “Imom al-Buxoriy va Sukarno” asarini ham muhokama etildi.
Sahnada "Qaynona"

07-12-2022 20:17 210
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan Ozarboyjon Respublikasi Akademik musiqali teatrida Majid Shamhalov asari, Oybek Veysal o‘g‘li tarjimasi, rejissyor Ozarboyjon san'at arbobi Asker Askerov sahnalashtirgan "Qaynona" spektakli namoyish etildi.
Sahnada gruzin spektakli

18-11-2022 19:24 234
Bugun 18-noyabr kuni Gruziya Respublikasi Axalsixe shahar Mesxetiya davlat drama teatri jamoasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida Aldo Nikolayning "Temir sinf" pyesasiga asosan bir aktli "QOCHISH" spektakli namoyish etildi.