+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Sahnada "Qaynona"

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan Ozarboyjon Respublikasi Akademik musiqali teatrida Majid Shamhalov asari, Oybek Veysal o‘g‘li tarjimasi, rejissyor Ozarboyjon san'at arbobi Asker Askerov sahnalashtirgan "Qaynona" spektakli namoyish etildi.

Oddiy Ozarbayjon oilasi hayoti aks etgan ushbu sahna asari o‘zbek tilida ijro etilgan bo‘lsa-da, mazmun-mohiyati, aktyorlarning mohirona ijrosi tufayli tomoshabinlarga behad manzur keldi va yig'ilganlar spektaklni olqishlar bilan kutib oldi.

Namoyishdan so‘ng Ozarboyjon Respublikasi Akademik musiqali teatri tomonidan mehmonlar uchun do‘stona uchrashuv tashkil etildi. Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Tugalov ko‘rsatilgan hurmat va e‘tiborga minnatdorlik ramzi sifatida mezbon teatr ma‘muriyatiga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Aytish joizki, mazkur ijodiy safar ikki hamkor teatr aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgani shubhasiz.


Kiritilgan vaqti: 07/12/2022 20:17;   Ko‘rilganligi: 134
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/international-relations/partnership-projects/sahnada-qaynona
Chop etilgan vaqti: 19/09/2024 09:11
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing