+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Teatrimizning Indoneziyadagi hamkori "Bumi Purnati" teatri ijodkorlari Kattaqo‘rg‘on shahriga yetib kelishdi

 

Oldin xabar berganimizdek Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrining Indoneziya Respublikasidagi hamkori "Bumi Purnati" teatri ijodkorlari tomonidan hamkorlikda  sahnalashtirilayotgan dramaturg Goʻzaloy Matyoqubova qalamiga mansub "Imom al-Buxoriy va Sukarno" asari “Oʻzbekiston xalq artisti”, rejissyor Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilmoqda. Shu kunga qadar online ishlayotgan asarni ijodkorlarini bir sahnada ijro qilish hamda muhlislarga namoyish qilish maqsadida 25 nafardan iborat Indoneziyalik ijodkorlar Kattaqoʻrgʻon shahriga tashrif buyurdi. Ushbu spektaklni boshqa spektakllardan farqi shundaki, Indoneziyalik asar qahramonlarini ushbu mamlakat aktyorlari va O’zbekistonlik asar qahramonlarini Kattaqo’rg’on shahar drama teatri aktyorlari ijro qilmoqda.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/11/2024 08:51;   Ko‘rilganligi: 82
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/international-relations/partnership-projects/teatrimizning-indoneziyadagi-hamkori-bumi-purnati-teatri-ijodkorlari-kattaqorgon-shahriga-yetib-kelishdi
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 10:36
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing