+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Turksoy rahbari “Buyuk turon-1” spektakli ijodiy jarayoni bilan tanishdi

 

Kattaqo’rg’on shahar drama teatri tashabbusi bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (Turksoy) hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi  hamkorligida olti mustaqil Turkiy davlatlar ijodkorlari tomonidan “Buyuk turon-1” asari Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida sahnalashtirilmoqda. Mazkur asarni sahnalashtirish uchun O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Turkiya Respublikalaridan taniqli teatr san’ati ustalari va tarixchi olimlar jalb etilgan. Ushbu ijodiy jarayon bilan tanishish maqsadida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti rahbari Sultan Raev hamda Madaniyat vaziri o’rinbosari Yusufjon Usmonovlar Kattaqo’rg’on shahar drama teatriga tashrif buyurib, ijodiy jarayon bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu turk xalqlari tarixini yoritib beruvchi “Buyuk turon-1” spektakli premyerasi sentyabr oyining so’ngiga rejalashtirilgan…

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 31/08/2024 10:55;   Ko‘rilganligi: 29
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/press-center/news/turksoy-rahbari-buyuk-turon-1-spektakli-ijodiy-jarayoni-bilan-tanishdi
Chop etilgan vaqti: 17/09/2024 11:55
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing