+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com

Axborot xizmati

KATTAQO’RG’ON SHAHAR DRAMA TEATRI GASTROL SAFARI BILAN QORAQALPOG’ISTONDA

20-04-2024 08:50   165

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil  25-dekabrdagi PQ-406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 1-yanvrdagi 3-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo’rg’on shahar drama teatri ijodiy jamoasi gastrol safari bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahriga tashrif buyurdi. Kattaqo’rg’on shahar drama teatri ijodkorlarini Nukus shahridagi Qoraqalpoq Davlat Qo’g’irchoq teatri direktori Usmanatdin Kaziyatdinovich hamda teatr jamoasi tomonidan tantanali kutib olindi.

Batafsil

 

"Alvido bolalik" asari Badiiy kengash ko‘rigiga topshirildi

18-04-2024 11:45   166

Joriy yilning II-choragida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida sahnalashtirilishi belgilangan Tohir Malik asari Furqat Aslonov insenirovkasi asosida "Alvido bolalik" asari, O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti bitiruvchi talabasi rejissyor, Furqat Aslonov tomonidan sahnalashtirilib teatr Badiiy kengash ko‘rigiga shu bilan birga O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti Datsinti Sh.Hamidova hamda o’qituchilariga topshirildi.

Batafsil

 

15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni

15-04-2024 10:34   171

Hurmatli “Inson qalbining muhandislari”, ya’ni madaniyat va san’at xodimlari kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Batafsil

 

Ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin!

27-03-2024 21:29   152

Kattaqo’rg’on shahar drama teatri truppa rahbari Rustamov Bekpo‘lat Turg‘unovich “27-mart Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan, o‘zbek teatr san'atini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Batafsil

 

27-MART – XALQARO TEATR KUNI

27-03-2024 17:26   205

TABRIK!
Teatr - bu insonlar yuziga oyna tutuvchi, hayot sahnasi haqiqatlarini sanʼat sahnasida namoyon etuvchi makon.
Bejiz unda dard, iztirob, shodligu gʻam namoyon boʻlmaydi.
Inson hayotidagi ruhiy holatlar inʼikosi sahnada mujassam.

Batafsil

 

"Teatr tomoshalari haftaligi". 5-kun

26-03-2024 11:26   183

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida "Teatr tomoshalari haftaligi"ning 5-kuni davomida Farmon Toshev qalamiga mansub, rejissyor G‘ofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilgan "Qaltis qadam" spektakli namoyish etildi.

Batafsil

 

"Teatr tomoshalari haftaligi". 4-kun

25-03-2024 11:08   159

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida "Teatr tomoshalari haftaligi"ning 4-kuni A.Avloniy asari rejissyor M.Ro‘ziyev tomonidan sahnalashtirgan "Advokatlik oson-mu?" deb nomlangan spektakli namoyish etildi.

Batafsil

 

"Teatr tomoshalari haftaligi". 3-kun

24-03-2024 18:05   180

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida "Teatr tomoshalari haftaligi"ning 3 kuni SH.Maxkamov asari rejissyori Q.Yakubov tomonidan sahnalashtirilgan "Jin devor" (Quticha) spektakli namoyish etildi. 

Batafsil

 

"Teatr tomoshalari haftaligi". 2-kun

22-03-2024 21:40   176

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida Muhammad Ali Ergash qalamiga mansub, rejissyor A.Niyozov tomonidan sahnalashtirilgan "Imom Al-Buxoriy" spektakli "Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida namoyish etildi.

Batafsil

 

"Teatr tomoshalari haftaligi". 1-kun

21-03-2024 17:11   184

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan Rixsivoy Muhammadjonov asari, Xorazm viloyati musiqali drama teatri rejissyori Alisher Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “O’qlov” (komediya) spektakli "Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida namoyish etildi.

Batafsil

 

"Teatr tomoshalari haftaligi"

19-03-2024 21:20   170

Hurmatli tomoshabinlar.

"Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida bo‘lib o‘tadigan spektakllar premyeralariga, shu bilan birgalikda tarixiy shaxslarimizga bag‘ishlangan spektakllarga taklif qilib qolamiz.

“Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida namoyish etiladigan barcha spektakllarga KIRISH BEPUL.

21-27 mart kunlari spektakllar soat 10:00 da boshlanadi.

Barchangizni teatrimizda kutib qolamiz.

Batafsil

 

Navro‘z umumxalq bayrami tantanalaridan fotolavhalar

19-03-2024 21:08   163

Navro‘z umumxalq bayrami tantanalaridan fotolavhalar

Batafsil

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing