TABRIK!
Teatr - bu insonlar yuziga oyna tutuvchi, hayot sahnasi haqiqatlarini sanʼat sahnasida namoyon etuvchi makon.
Bejiz unda dard, iztirob, shodligu gʻam namoyon boʻlmaydi.
Inson hayotidagi ruhiy holatlar inʼikosi sahnada mujassam.
Xalqaro teatr kuni bu - faqat fidoiy teatr rejissyorlari, aktyorlar, sahna ustalari, teatrshunoslarning bayramigina emas, spektakl koʻrishga tashrif buyuruvchi fidoyi tomoshabinlarimiz bayrami hamdir.
27-MART – XALQARO TEATR KUNI BILAN AZIZLAR!
Teatr sahnalari doimo tomoshabinlar qalbini yorituvchi, ezgulikka chorlovchi, nurli boʻlsin.
Hurmat bilan,
B.B.Tugalov,
Kattaqo’rg’on shahar drama teatri direktori
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 27/03/2024 17:26; Ko‘rilganligi: 207
Chop etilgan vaqti: 16/03/2025 08:15