Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining 2024-yil repertuar rejasiga asosan sahnalashtirilishi belgilangan Iftixar Piriyev qalamiga mansub "Buyuk turon" asari, rejissyor Asqar Xolmo'minov tomonidan sahnalashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tajixanov boshchiligidagi Badiiy Kengash a'zolariga muvaffaqiyatli topshirildi.
Mazkur spektakl teatr direktori B.Tugalovning g’oyasi asosida dramaturg I.Piriyev tomonidan yozilgan bo’lib, asarni sahnalashtirish jarayonida “TURKSOY” ko’magi bilan oltita mustaqil turkiy davlatlardan taklif etilgan ijodkorlar birdamlikda faoliyat yuritdilar. Spektakl premyeralari yaqin kunlarda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Turksoy rahbarligida oltita mustaqil turkiy davlatlar poytaxtlarida namoyish etilishi belgilangan.
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 07/10/2024 21:14; Ko‘rilganligi: 135
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 10:23