Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tuzilgan reja grafik asosida hafta davomida spektakl namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan "Alvido bolalik", "Super quyon" va "Qorashox va olmaxon" nomli spektakllar namoyishi boʻlib oʻtmoqda. Bolalar uchun qoʻyilayotgan mazkur rang barang spektakllar yoshlarning ruhiyatiga mos kelishi oʻrganilib keyin namoyish etilmoqda. Taqdim etilayotgan spektakllar bolalarga yoqmoqda.
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 03/11/2024 09:45; Ko‘rilganligi: 85
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 10:23