O’zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti, rejissyor (marhum) Bahodir Yoʻldoshev tavalludining 79 yilligi munosabati bilan Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida xotira kechasi bo’lib o’tdi.
Xotira kechasi boshlangunga qadar teatr ijodkorlari tomonidan Bahodir Yo’ldoshevning qabri ziyorat qilib, quron tilovat qilindi.
Teatr binosida bo’lib o’tgan xotira kechasini Kattaqo’rg’on shahar hokimi, senator G.Alimova hamda Kattaqo’rg’on shahar drama teatri direktori B.Tugalovlar ochib berdi. Mazkur kechada Kattaqo’rg’on shahrining bir qator ziyoliylari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbir so’ngida ijodkorlar tomonidan tadbirga bag’ishlangan kuy va qo’shiqlar hamda “Davr o’g’loni” spektakli namoyish etildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 09/09/2024 09:30; Ko‘rilganligi: 153
Chop etilgan vaqti: 30/04/2025 15:00