Qadrli yurtdoshlar!
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi siz azizlarni qutlug‘ qadam bilan kirib kelayotgan Yangi 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" bilan chin dildan muborakbod etadi!
El-yurtimiz farovonligi yo‘lidagi barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yil davomida yaxshi kayfiyat va omad sizlarni aslo tark etmasligini tilab qolamiz!
Kirib kelayotgan yangi yil xonadoningizga tinchlik-farovonlik, fayzu-baraka olib kelsin. Eski yilda ushalmagan ezgu niyatingiz, yangi yilda ushalsin!
2023-yil qadami qutlug‘ kelsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Kiritilgan vaqti: 31/12/2022 15:11; Ko‘rilganligi: 213
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 23:41