+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

 

Qadrli yurtdoshlar!
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi siz azizlarni qutlug‘ qadam bilan kirib kelayotgan Yangi 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" bilan chin dildan muborakbod etadi!

El-yurtimiz farovonligi yo‘lidagi barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yil davomida yaxshi kayfiyat va omad sizlarni aslo tark etmasligini tilab qolamiz!

Kirib kelayotgan yangi yil xonadoningizga tinchlik-farovonlik, fayzu-baraka olib kelsin. Eski yilda ushalmagan ezgu niyatingiz, yangi yilda ushalsin!

2023-yil qadami qutlug‘ kelsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!


Kiritilgan vaqti: 31/12/2022 15:11;   Ko‘rilganligi: 124
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/press-center/news/yangi-yilingiz-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 20/09/2024 03:32
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing