Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrining sevimli shoirasi Erkatosh Shukurova o‘zining muborak 70 yoshini qarshilamoqdi.
Shoira 1952 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. Kattaqo‘rg‘onliklar Erkatosh Shukurovaning ijodini qadrlaydilar va uning she'r va hikoyalarini sevib mutolaa qiladilar. Ayniqsa, ijodkor qalamiga mansub "Ko‘klamga noma", "Qomati shamshodim", "Namozshomgulim", "Kattaqo‘rg‘on ilhomlari", "Ishqli dunyo", "Dil so‘z", "Mezon qo‘shiqlari", "Ranglar oralab", "Sog‘inch rangi" va boshqa kitoblari muxlislari qalbidan chuqur joy olgan.
Shuningdek, uning 2021-2022 yillarda Respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq”, “Matonat”, hamda “Sohiba” nomli dramatik asarlari yigirma mingdan ortiq tomoshabinlar e'tirofiga sazovor bo‘lgan. Bugun ijodiy targ‘ibotchi sifatida ham shoira bir qator yosh shogirdlariga ijod sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
Shoira Erkatosh Shukurovaning muborak 70 yoshi bilan qutlab, kelgusidagi ijodiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Kiritilgan vaqti: 19/11/2022 11:41; Ko‘rilganligi: 255
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 23:38