
Pora-bu jamiyatning fojeasini koʻrsatadigan zamonaviy drama. Sobit obrazi orqali muallif halollikning yoʻqotilishi qanday qilib insonni ichdan yemirishini, ota esa vijdon va eʼtiqodining soʻnggi tayanch ekanini koʻrsatadi.
Spektaklda pora nafaqat pul, balki befarqlik, oqlash va qoʻrquv ramzi sifatida talqin etiladi.
Muallif: Qoʻchqor Norqobil
Rejissyor: Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri bosh rejissyori Farhod Boynazarov
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida sahnalashtirilgan yangi "PORA" spektakl premyerasiga Siz aziz tomoshabinlarni taklif etamiz!
2025-yil 21-noyabr
Soat 17 : 00da
Biletlarni teatr kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati.
Oxirgi o‘zgarish: 19/11/2025 14:23; Ko‘rilganligi: 6
Chop etilgan vaqti: 19/11/2025 17:19










