Shahrimiz mahallalarida “Ma'naviyat va ma'rifat oyligi” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun ushbu tadbirlar doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida Rixsivoy Muhammadjonovning qalamiga mansub, Xorazm viloyati musiqali drama teatri rejissyori Alisher Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan "O‘qlov" komediyali spektakli namoyish etildi.
Oiladagi er-xotin munosabatilarning hazil va kulgudan iborat komediya ko‘rinishida talqin etilgan mazkur spektakl mahalla fuqarolari tomonidan iliq kutib olindi. Spektaklni shahrimiz hamda Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanidan tashrif buyurgan fuqarolar tamosho qildilar.
Ma'naviyat va ma'rifat oyligi davom etadi.
KATTAQO'RG'ON SHAHAR HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Kiritilgan vaqti: 14/05/2024 20:45; Ko‘rilganligi: 173
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 20:57