Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri, Siz azizlarni yasharish va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
Sharqona Yangi yilimiz – Navro‘zi olamning poy-qadami qutlug‘ va barokatli kelsin. Avvalo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonimiz obod bo‘lsin. Dasturxonimizdan to‘kinchilik arimasin.
Mana shu ulug‘ ayyomda, Siz azizlarga sihat-salomatlik, baxt-omad, shodlik hamda kasbiy yutuq-yuksalishlar tilaymiz.
Hurmat va ehtirom bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori
B.B.Tugalov
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 21/03/2023 10:35; Ko‘rilganligi: 192
Chop etilgan vaqti: 16/03/2025 04:37