Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrining 2024-yil repertuariga muvofiq 6 ta mustaqil turkiy davlatlardan taklif etilgan ijodkorlar tomonidan sahnalashtirilayotgan "Buyuk turon-1" asarini Vazirlikning Badiiy kengash aʼzolari tomonidan nazorat koʻrigi oʻtkazildi. Bundan tashqari nazorat koʻrigiga tarixchi olimlar Gʻaybulla Boboyorov, Joʼliboy Eltnazarovlar ham ishtirok etishdi. Rejissyor Asqar Xolmoʼminov tomonidan sahnalashtirilayotgan ushbu asar shu yilning 30-oktyabr kuni Vazirlikning Badiiy kengash aʼzolariga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 27/09/2024 17:49; Ko‘rilganligi: 153
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 14:57