Turksoy rahbari “Buyuk turon-1” spektakli ijodiy jarayoni bilan tanishdi
31-08-2024 10:55 444
Kattaqo’rg’on shahar drama teatri tashabbusi bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (Turksoy) hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida olti mustaqil Turkiy davlatlar ijodkorlari tomonidan “Buyuk turon-1” asari Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida sahnalashtirilmoqda. Mazkur asarni sahnalashtirish uchun O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Turkiya Respublikalaridan taniqli teatr san’ati ustalari va tarixchi olimlar jalb etilgan. Ushbu ijodiy jarayon bilan tanishish maqsadida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti rahbari Sultan Raev hamda Madaniyat vaziri o’rinbosari Yusufjon Usmonovlar Kattaqo’rg’on shahar drama teatriga tashrif buyurib, ijodiy jarayon bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu turk xalqlari tarixini yoritib beruvchi “Buyuk turon-1” spektakli premyerasi sentyabr oyining so’ngiga rejalashtirilgan…
Prokuratura xodimlariga “O’qlov” spektakli namoyish etildi
17-08-2024 15:09 463
Kattaqo’rg’on shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan Samarqand viloyati prokuraturasi, Kattaqo’rg’on tuman va shahar prokuratura xodimlariga R.Muhammadjonov asari asosida, rejissyor Alisher Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “O’qlov” spektakli namoyish etildi.
Mahallalar aholisiga “Qaynona” spektakli namoyish etildi
18-05-2024 09:45 470
2024-yil 16-may kuni O’zbekiston Mahallalar uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Kattaqo’rg’on shahar drama teatri hamkorligida Paxtachi, Narpay va Qo'shrabot tumanlarida ehtiyojmand oilalarning 400 nafardan ortiq uyushmagan aholisiga Majid Shamxalov asari asosida, rejissyor Ozarbayjon Respublikasi san'at arbobi, davlat mukofoti sovrundori va rejissor A.Askerov tomonidan sahnalashtirilgan “Qaynona” spektakli namoyish etildi.
“O‘qlov” spektakli tomoshabinlar nigohida
14-05-2024 20:45 456
Shahrimiz mahallalarida “Ma'naviyat va ma'rifat oyligi” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun ushbu tadbirlar doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida Rixsivoy Muhammadjonovning qalamiga mansub, Xorazm viloyati musiqali drama teatri rejissyori Alisher Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan "O‘qlov" komediyali spektakli namoyish etildi.
“Qorashoh va olmaxon” asari Badiiy kengash ko‘rigiga muvaffaqiyatli topshirildi
01-05-2024 10:14 473
Joriy yilning I-choragida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida sahnalashtirilishi belgilangan Ravshan Yoriyev qalamiga mansub “Qorashoh va olmaxon” asarlari rejissyor Xabibulla Abdullayev tomonidan sahnalashtirilib O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Badiiy kengash ko‘rigiga muvaffaqiyatli topshirildi.










