Xalqaro teatr institutining qaroriga binoan 1962-yildan beri 27-mart dunyo miqyosida teatr san’ati xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanib kelmoqda. Shuning uchun 27-mart teatr san’ati xodimlari uchun muhim kunlaridan biri hisoblanadi. Bilamizki, o‘tmishda ma’rifatparvar jadidchilar teatrga “ma’rifatxona”, “ibratxona” deb ta’rif berganlar. Jonli sahna san’atlarining insonlarni jamul-jam qilish kuchi va hursandchiligi inkor etilmaydi.
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi "27-mart Xalqaro teatr kuni" va teatr xodimlarining kasb bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz...
Teatr bayrami – ko‘ngillar bayrami bardavom bo‘lsin!
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 27/03/2023 08:05; Ko‘rilganligi: 215
Chop etilgan vaqti: 16/03/2025 04:10