+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

XALQARO TEATR KUNI MUNOSABATI BILAN BIRLASHGAN TAHRIRIYAT JAMOASI SAMARQANDDA BO‘LDI

 

«Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati jamoasi dam olish kunlarida Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan teatr jamoalari bilan ijodiy uchrashuvda ishtirok etdi. Jamoani Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri rahbari Botir Tugalov hamda Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruz Abduraimovlar kutib olib, koʻhna shahar boʻylab sayohat va teatr ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtirishdi.

Viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi bilan uchrashuvda jamoaning har bir vakili ijodi bilan tanishildi, birlashgan tahririyat xodimlari uzoq yillardan buyon mazkur teatrda faoliyat olib borayotgan aktyor va rassomlarning ijodiy ishlarini tomosha qilishdi.

Bu kabi ijodiy uchrashuvlar, qizgʻin suhbatlar madaniyat xodimlarining ishchanligini, ijodiy shijoatini oshirishi shubhasiz.

Uchrashuv soʻngida kelgusida hamkorlikda qilinajak ishlar rejasi tuzilib, mulohazalar oʻrtaga tashlandi va mushtarak ijodiy maqsadlar kelishib olindi.

Manba: «Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati veb-sayti 


Kiritilgan vaqti: 10/04/2023 17:40;   Ko‘rilganligi: 131
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/press-center/meetings/xalqaro-teatr-kuni-munosabati-bilan-birlashgan-tahririyat-jamoasi-samarqandda-boldi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2024 22:42
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing