+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Xalqlar do‘stligi kuni nishonlandi

 

30 iyul sanasi mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangan. 2021 yildan buyon ushbu kun yurtimizda o‘ziga xos bayram sifatida keng nishonlanishi an’anaga aylangan.  

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida ushbu sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahrimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari, keng jamoatchilik va yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni shahar hokimi o‘rinbosari Jasur G‘aniev ochib berdi. Shundan so‘ng shahar madaniyat bo‘limi va 2- son Bolalar musiqa va san’at maktabining raqs jamoasi tomonidan turli millat vakillariga xos kuy qo‘shiqlar, raqslar hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir davomida shahar drama teatri aktyorlari tomonidan Ozarbayjonlik rejissyor Asker Askerov sahnalashtirgan "Qaynona" spektakli namoyish etildi.

Shunday tadbirlar yurtimizdagi turli xalqlar va millatlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 01/08/2024 09:56;   Ko‘rilganligi: 40
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/press-center/events/xalqlar-dostligi-kuni-nishonlandi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2024 22:43
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing