Pora-bu jamiyatning fojeasini koʻrsatadigan zamonaviy drama. Sobit obrazi orqali muallif halollikning yoʻqotilishi qanday qilib insonni ichdan yemirishini, ota esa vijdon va eʼtiqodining soʻnggi tayanch ekanini koʻrsatadi.
Spektaklda pora nafaqat pul, balki befarqlik, oqlash va qoʻrquv ramzi sifatida talqin etiladi.
Muallif: Qoʻchqor Norqobil
Rejissyor: Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri bosh rejissyori Farhod Boynazarov
Kattaqo‘rg‘on sahnasidan to Bangkok ko‘chalarigacha — san’atimiz, madaniyatimiz va milliy liboslarimiz bilan faxrlanamiz! Bangkok ko‘chalari, ammo libosim — o‘zbekona. Har qadamda o‘zligim bilan faxrlanaman.
Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlaridan videolavha
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi ayni vaqtda Indoneziya davlatining Surabaya shahrida ijodiy gastrolda. “Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri” va Indoneziya davlatining Jakarta shahar “Bumi Purnati” teatri bilan hamkorlikda sahnalashtirilgan "Imom Al-Buxoriy va Sukarno" spektakli, Indoneziya davlatining Surabaya shahar hokimining taklifiga binoan Surabaya shahridagi “Balai Budaya” teatrida 2-premyerasi bo'lib o'tdi.
Gruziya davlatidan tashrif buyurgan rejissyor Koxa Gogidze tomonidan, Georgiy Eristavi asari, J.Jomonov tarjimasi asosida “Ko’rinmas qalpoq” asarining sahnalashtirish jarayonlari boshlandi.
Jakartada Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri hamda ushbu mamlakatning “Bumi Purnati” teatri hamkorligida sahnalashtirilgan “Imom Buxoriy va Sukarno” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Copyright © 2025. Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri.
Sayt materiallaridan foydalanganda sayt manzili manba sifatida ko‘rsatilishi shart.