Voqealar oddiy gruzin oilasida bo‘lib o‘tadi. Bu oilada bir necha avlod vakillari to‘plangan: hamisha marhum turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashib yuradigan yoshi keksa ta'sirchan buvi va uning dunyoqarashi har xil bo‘lgan lekin kuchli baxtli juftlikka aylangan o‘g‘li hamda kelini va ularning ikki nafar farzandi.
Kundalik uy-ro‘zg‘or muammolari o‘rtasida bu oila doim birga bo‘lishga, vaqtni birga o‘tkazishga harakat qiladi va ko‘p vaqtini uyining ayvonida o‘tkazadi.
To‘satdan, shahar munitsipalitet xodimlari bu oilaning birlik ramzi bo‘lgan ayvonni tortib oladi...

Muallif: Otar Katamadze asari, Oybek Veysal o‘g‘li tarjimasi
Sahnalashtiruvchi rejissyor: Nino Maglakelidze
Sahnalashtiruvchi rassom: Zokir Qobilov
Spektakl davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa
Premyera: 2022 yil
Rollarda:
Fermoniya – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Gulbahor Mamedova
Sandro – Jasur Axmatov
Marta – Aziza Mamatmuradova
Nikusha – Javohir Xakimov
Megi – Munisa Aminova
Parna – Qilich Ibragimov
Jamiya Bochoidze – Jasur Islomov
Yermalo Panchulidze – Javlon Turayev
Pavliko – Nag‘matullo Salimov
Taisa – Nargiza Xayrullayeva
Oxirgi o‘zgarish: 09/06/2023 22:22; Ko‘rilganligi: 260
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 04:43