Pyesa ulug‘ adib A.Qodiriyning “Diyori bakr” kichik asarlari turkumiga kiritilgan bir necha hikoyalari (jumladan “Tinch ish”, “Kalvak maxzumning xotira daftaridan”, “Juvonboz” va b.) hamda hajviyalari motivlari asosida tayyorlandi. Unda yaqin tariximizning bir manzarasi qamrab olinib, ma'rifat va jaholat kurashi, bu kurash qurbonlarsiz va yo‘qotishlarsiz bo‘lmasligi, ajdodlar xatosi ham, yutug‘i ham keyingi avlodlar taqdiriga ta'sir ko‘rsatishi haqida hikoya qilinadi. Drama voqealari o‘tgan asr boshlaridagi o‘zbek xalqining tarixiy sharoiti bilan bog‘langandir.
Muallif: Abdulla Qodiriy hajviyalari asosida
Inssenirovka muallifi: Maftuna Muhammadaminova
Sahnalashtiruvchi rejissyor: Obid Abdullayev
Sahnalashtiruvchi rassom: Zokirjon Qobilov
Spektakl davomiyligi: 1 soat 25 daqiqa
Premyera: 2019 yil
Rollarda:
Muallif (Julqunboy) – G‘.Murodov
Toshpo‘lat tajang – O‘.Ochilov, J.Islomov
Sovunak – N.Salimov
Kalvak maxzum – A.Qarshiboyev
Saidxo‘ja (qozi) – Tillayev, T.Xalilov
Shilg‘ay shoir – M.Ro‘ziyev, N.Ismoilov
Xon – M.Qodirov
Bolshevik – Sh.To‘layev
Abdulboqi – Q.Ibragimov, B.Rustamov
Paranjili xotin – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist G.Mamedova
Zumradxon – N.Xayrullayeva, A.Mamatmurodova
Mohitobon – A.Mamatmurodova, N.Xayrullayeva
Qashshoq – J.Hakimov
Eshmamat – Z.Yangiboyev, J.To‘rayev
Yanga – D.Egamova
O‘lanchilar – G.Rizayeva, M.Abdurashidova
Kiritilgan vaqti: 11/06/2023 10:47; Ko‘rilganligi: 581
Chop etilgan vaqti: 30/04/2025 15:06