Ona vujudida mitti yurak ura boshladi. Bu baxtni ato etgan Olloh-taolo onaga cheksiz quvonchlar qatorida hadsiz qayg‘ular ham qo‘shib beradi-sinov tariqasida..
Ona farzandi uchun barcha sinovlarni yengib o‘tadi. Jigarbandiga bor mehri-muhabbati, yurak qo‘rini tutadi. Evaziga esa beshavqat hayotning charhida qahramonga aylanadi. Vatani va halqi tinchligi uchun bir ona o‘z farzandidan voz kechish, qurbon qilish chinakam qahramonlik. Ona shu yo‘l bilangina butun halqini ayovsiz qirg‘inlardan qutqarib qoladi.

Muallif: Sh.Rizayev asari
Sahnalashtiruvchi rejissyor: N.Nurillayev
Sahnalashtiruvchi rassom: Zokirjon Qobilov
Spektakl davomiyligi: 1 soat 10 daqiqa
Premyera: 2014 yil
Rollarda:
Roviy – U.Ochilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist D.Kadirov
Ona – O‘zbekistonda xizmat tko‘rsatgan artist G.Mamedova
O‘smir o‘g‘il – Q.Rasulov, M.Ruziyev
Telba ayol – G.Rizayeva
Sarkarda o‘g‘il – X.Abdullayev
Kiritilgan vaqti: 06/02/2023 10:42; Ko‘rilganligi: 310
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 10:10