Hadislar ilmining sultoni Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hazratlari hayotidan bir rivoyat.
Basra hokimining boshiga katta kulfat tushadi, suyukli rafiqasi, valiahd shahzodalarning fozila, oqila onasi chuqur xastalikka chalinadi. Turli mamlakatlardan kelgan tabiblar bu xastalikni davolay olishmay, Basradan quvg‘in qilinadilar. Xuddi shu payt Basra shahrida ilmu toliblik qilib yurgan Abu Abdullohning tabiblik mahoratidan ham xabar topishib, zudlik bilan uni hokim saroyiga keltirishadi. Allohning irodasi bilan Abu Abdulloh malikani davolash sharafiga muyassar bo‘ladi. Va buning evaziga Abu Abdullohga Oisha roziyallohu anho onamizning dunyoda yagona bo‘lgan kitoboti hadya kilinadi.

Muallif: Muhammad Ali Ergash asari
Sahnalashtiruvchi rejissyor: A.Niyazov
Sahnalashtiruvchi rassom: Z.Qobilov
Spektakl davomiyligi: 1 soat 15 daqiqa
Premyera: 2018 yil
Rollarda:
Al-Buxoriy – H.Abdullayev
Al-Buxoriyning keksaligi – D.Qodirov
Basra hokimi – O‘.Ochilov, D.Qodirov
Vazir – U.Tillayev
Bosh tabib – A.Qarshiboyev
Talaba Hamro – J.Axmatov
Talaba – F.Abduraimov
Malika – G.Rizayeva
Mustafo –
Uzun soqol savdogar – Q.Ibragimov
Kanizak – N.Xayrullayeva
Xos soqchilar – M.Ro‘ziyev,F.Abduraimov
Kiritilgan vaqti: 12/06/2023 12:59; Ko‘rilganligi: 256
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 10:17