+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Madaniyat va san'at xodimlari kuni munosabati tantanali taqdirlash marosimi hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

 

"27-mart Xalqaro teatr kuni" va "15-aprel Madaniyat va san'at xodimlari kuni" munosabatlari bilan "Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat akademik katta teatri"da va "Forumlar saroyida" tantanali taqdirlash marosimi hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori, "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibi B.Tugalov yana bir bor "Xorijiy hamkorlik tashabbuskori" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

Teatr sahna ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G.Mamedova "Qaynona" spektaklidagi "Qaynona" obrazi uchun "Eng yaxshi ayol roli ijrochisi" nominatsiyasini, teatr oliy toifali aktyori U.Ochilov "Sohibqiron" spektaklidagi "Amir Temur" roli uchun "Yilning eng faol aktyori" nominatsiyasini qo‘lga kiritdilar.

Teatr sahna ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G.Mamedova, teatr oliy toifali aktyori, ustoz san'atkor Q.Ibragimovlar "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/04/2023 09:53;   Ko‘rilganligi: 153
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/press-center/news/madaniyat-va-sanat-xodimlari-kuni-munosabati-tantanali-taqdirlash-marosimi-hamda-konsert-dasturi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2024 05:40
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing