+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

"8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

 

Hurmatli Kattaqo'rg'on shahar drama teatri xotin-qizlari!

Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!

Avvalambor, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni go‘zallik bayrami 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan jamoamiz hamda shaxsan o'zim nomidan samimiy muborakbod etaman!

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Sizlarni va sizlar orqali yurtimizdagi barcha xotin-qizlarni, dilbar ayollarimizni yana bir bor go‘zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka tilayman.

Doimo, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik arimasin!

Go‘zallik sizlarni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi


Kiritilgan vaqti: 08/03/2023 09:28;   Ko‘rilganligi: 135
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/press-center/news/8-mart-xalqaro-xotin-qizlar-kuni-bayrami-munosabati-bilan-bayram-tabrigi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2024 03:19
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing