+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Ozarbayjon drama teatri direktori Iftikhar Piriyevning tashrifi

 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining Ozarbayjon Respublikasidagi doimiy hamkori Irevan davlat Ozarbayjon drama teatri direktori, dramaturg, san'atshunos olim Iftikhar Piriyev bugun ijodiy safar bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida mehmon Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. 2021 yilda ikki davlat teatrlari o'rtasida imzolangan memorandumga asosan, 2022 yilda Ozarbayjon Respublikasidan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga taklif etilgan taniqli rejissyor A. Askerov tomonidan sahnalashtirgan "Qaynona" spektakli bilan teatr jamoasi Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Baku shahriga gastirol safari uyishtirilgan edi. Ikki qardosh davlat teatrlari o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan kelgusida yana bir qator ijodiy ishlarni amalga oshirish teatr rahbarlari tomonidan belgilandi.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 16/01/2024 21:14;   Ko‘rilganligi: 153
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/international-relations/partners-visits/ozarbayjon-drama-teatri-direktori-iftikhar-piriyevning-tashrifi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2024 22:35
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing