+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Tojikiston davlat rus drama teatri bilan hamkorlik va do‘stlik Memorandumi imzolandi

 

"YEVROOSIYO" I-xalqaro teatr san'ati festivali doirasida Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahar V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatri tashabbusi bilan, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Tugalov boshchiligida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida besh yilga mo‘ljallangan rasmiy Memorandum imzolanib, ikki davlat madaniy aloqalarini rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan,  dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati, tajriba almashish, yuqori saviyali milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar safarlari tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish, kelgusida amalga oshirilayotgan istiqbolli rejalari kelishib olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 27/05/2023 17:17;   Ko‘rilganligi: 133
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/international-relations/memorandum/tojikiston-davlat-rus-drama-teatri-bilan-hamkorlik-va-dostlik-memorandumi-imzolandi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2024 22:49
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing