Toshkent shahrida o‘tkazilgan "YEVROOSIYO" I-xalqaro teatr san'ati festivali doirasida Belarus Respublikasi Minsk shahar Yangi drama teatri direktori Ruslan Safonov, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Tugalovlar doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida besh yilga mo‘ljallangan rasmiy Memorandum imzolanib, ikki davlat madaniy aloqalarini rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati, tajriba almashish, yuqori saviyali milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar safarlari tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish, kelgusida amalga oshirilayotgan istiqbolli rejalari kelishib olindi
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 28/05/2023 16:21; Ko‘rilganligi: 252
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 14:26