Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahar "V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatri"ga ikki teatrlar o‘rtasida tuzilgan Memorandum ijrosi yuzasidan ijodiy gastrol safari bilan tashrif buyurishdi.
"V.Maykovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatri" jamoasi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasini tantanali kutib oldi va tanishtiruv marosimlari, ikki qo‘shni xalqlar teatr jamoalari ijodiy uchrashuvlari tashkil qilindi. Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi spektaklga tayyorgarlik ko‘rish ishlariniham boshlab yubordi.
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri axborot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 16/01/2024 21:10; Ko‘rilganligi: 214
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 14:29