Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining Qirg‘iziston Respublikasidagi gastrol safari davomida, Qirg‘iz xalqining buyuk adibi Chingiz Aytmatovning 95 yillik yubileyi munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan "Erta qaytgan turnalar" spektakli, Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahar Qirg‘iz milliy akademik drama teatri sahnasida namoyish etildi.
Spektaklda Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari va Qirg‘iziston Yozuvchilar milliy uyushmasi a'zolari Ahmedov Begijon, Qirg‘iziston o‘zbek madaniy markazi rayosati raisi Baxtiyor Qodirov, Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Issiq-Ko‘l forumi prezidenti A.CH Aytmatovlar ishtirok etishdi.
O‘zbek va Qirg‘iz mahalliy ko‘p sonli tomoshabinlari tomonidan spektakl iliq kutib olindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati.
Oxirgi o‘zgarish: 16/01/2024 21:13; Ko‘rilganligi: 283
Chop etilgan vaqti: 30/04/2025 20:07