+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Indoneziya Madaniyat vazirining o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘onda!

 

Kattaqo’rg’on shahar drama teatrining doimiy hamkori Indoneziya Respublikasining “Bumi Purnati” teatri rahbari Restu Kusumaningrum xonim boshchiligidagi ijodiy guruh “Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida” sahnalashtorilishi belgilangan “Imom al-Buxoriy va Sukarno” asarini teatr jamoasiga tanishtirish va aktyorlar bilan ijodiy uchrashuv o’tkazish maqsadida tashrif buyurdi.

Ushbu ijodiy faoliyat bilan tanishish maqsadida Indoneziya Respublikasi Talim, Madaniyat, Tadqiqotlar va Texnologiyalar vazirining Madaniyat va san’at ishlari bo’yicha I-o’rinbosari Hilmar Farid janoblari ham Kattaqo’rg’on shahar drama teatriga tashrif buyurdilar.

Martabali mehmonlarni Kattaqo’rg’on shahar drama teatri direktori Botir Tugalov boshchiligidagi teatr jamoasi tantanali kutib oldilar…

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 05/07/2024 18:00;   Ko‘rilganligi: 43
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/international-relations/partners-visits/indoneziya-madaniyat-vazirining-orinbosari-kattaqorgonda
Chop etilgan vaqti: 19/09/2024 09:18
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing