+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Kattaqo’rg’on shahar drama teatri direktorining Jiangsu San'at Markaziga tashrifi

 

Samarqand viloyati hokimining farmoyishiga binoan, viloyat hokimi E.Turdimov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimovalar boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi joriy yilning 21-29 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori B.Tugalov ham bo‘lib, 25 iyul kuni Jiangsu muzofoti hokimiyati Tashqi ishlar bo‘limi boshlig‘i Jiang Lu xonim hamrohligida Nankin shahrida joylashgan Jiangsu San'at Markazida bo‘lishdi. Markazda mehmonlarni Ijro bo‘limi direktori Liu Ting xonim kutib oldi va markaz haqida qisqacha ma'lumot berdi. 

– Markazimiz 27 gektar maydonga ega bo‘lib, markaz binosi 2011-2017 yillar davomida zamonaviy dizaynerlik tamoyillari asosida qurilgan va bir vaqtning o‘zida jami 10000 dan ko‘proq tomoshabinga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Markazda jami 6 ta zal: 2 ta konsert zali (katta va kichik), 2 ta opera va balet zali (katta va kichik) hamda 2 ta drama zali (katta va kichik) bo‘lib, eng katta zal 2500 nafar va eng kichik zal 888 nafar tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Jiangsu San'at Markazi nafaqat Osiyo qit'asi miqyosida, balki butun dunyoda ham eng katta teatr majmualaridan biri hisoblanadi. – deydi Liu Ting xonim.

Markaz faoliyati bilan tanishgandan so‘ng, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori B.Tugalov Jiangsu San'at Markazining Bosh menejeri o‘rinbosari Li Sisi xonim bilan uchrashib, kelajakda qo‘shma loyihalar yaratish, O‘zbekiston san'ati va madaniyatini Xitoyda va Xitoy san'ati va madaniyatini O‘zbekistonda targ‘ib etish, ijodkorlar orasida tajriba almashish haqida kelishib olishdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 01/08/2024 17:57;   Ko‘rilganligi: 37
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/international-relations/foreign-visits/kattaqorgon-shahar-drama-teatri-direktorining-jiangsu-sanat-markaziga-tashrifi
Chop etilgan vaqti: 17/09/2024 11:50
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing