+998-66-455-21-87
kattateatr@gmail.com
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri w w w . k a t t a t e a t r . u z

Ijodiy tarkib

 

 

Mamedova Gulbahor Musayevna

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri boshlovchi sahna ustasi

 

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Mamedova Gulbahor Musayevna 1954 yil 11 mart kuni Samarqand shahrida tavallud topgan. 1976 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan va shu yili Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga ishga qabul qilingan.   

         1987 yilda  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni va 2016 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Gulbaxor Mamedova ayni paytda teatrning yetakchi  ustoz san'atkorlaridan biri sanaladi. U o‘z ijodiy faoliyati davomida 250 dan ortiq turli yo‘nalishdagi rollarni mohirona ijro etdi. U sahnada davr talabi, tomoshabin didiga mos, rang-barang obrazlar kashf etib, muxlislarning olqishlariga sazavor bo‘lmoqda.

G.Mamedovaning spektakllarda yaratgan obrazlari teatrshunos mutaxassislar tomonidan atroflicha tahlil etilib, uning ijro mahorati yuqori baholandi.

G.Mamedovaning ijro mahorati Respublikamizdan tashqari Tatariston, Boshqirdiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya davlatlarida Kattaqo‘rg‘on shahar o‘zbek davlat drama teatrining ijodiy gastrol safarlari davomida ham e'tiroflarga sazovor bo‘lgan.

         G.Mamedova yuksak betakror iste'dod sohibasi, yaratgan obrazlari tabiiy va hayotiydir. Jumladan, Uyg‘unning  “Zebuniso” spektaklida Zebuniso, Cho‘lponning “Yorqinoy” spektaklida Yorqinoy, Evripedning  “Medeya” spektaklida Medeya, F.Shillerning “Makr va Muhabbat” spektaklida Ledi Melford, V.Shekspirning “Romeo va Julyetta” spektaklida Kopuletti xonim, M.Boboyevning “Qani mening yulduzim” spektaklida Suluv, Sh.Rizayevning “Ona” spektaklida Ona, T.Yunusning “Niso xolaning hisobi”spektaklida Niso xola, X.G‘ulomning “Vomiq va Uzro” spektaklida Uzro, I.Qosumovning “Inson mehri” spektaklida Oliya, K.Yashinning “Nurxon” spektaklida Nurxon, U.Ismoilovning “Rustam” spektaklida Qimmat, A.Ostrovskiyning “Momoqaldiroq” spektaklida Katerina, G.Lorkaning “Qonli to‘y” spektaklida Kelin, S.Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklida Mehri, A.Gelmanning  “Hamma bilan oshkora” spektaklida Natasha, X.Rasulning “Qora vabo” spektaklida Kasofat, E.Xushvaqtovning  “Qallig‘ o‘yin” spektaklida Xolbeka, A.Karayevning “Shok” spektaklida  Saxna yulduzi, E.Shukurovaning “Sohiba” spektaklida Manzura, Ch.Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” spektaklida Inkamol opa kabi turfa rollari uning serqirra ijodkor ekanligining yaqqol isbotidir.

Shuningdek, o‘zbek kinofilmlarida ham rollar ijro etdib kelmoqda. Jumladan, rejissyor B.Axmedovning “Jumboq” filmida Ona rolini, rejissyor L.Sa'dullayevning “Mehribonginam” filmida O‘gay ona, rejissyor Z.Begimkulovaning 140 qismli “Opa-singillar” teleserialida Farog‘at roli, rejissyor A.Ibragimovning  “Armonli yillar” filmida  Saodat, Said Axmad asari rejissyor I.Rasulovning “Bir o‘pichning bahosi” 5 qismdan iborat  teleserialida xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi kabi, Sevimli telekanali orqali namoyish etilgan rejissyor Z.Begimqulovaning “Qaynonaning hiylasi” serialida bosh qaxramon Qaynona, rejissyor Z.Begimqulovaning “Bu hayot” serialida Shifokor obrazlarini yaratdi.

G.Mamedova mehnatsevarligi, izlanuvchan va intiluvchanligi, atrofdagilarga, ayniqsa, yoshlarga bo‘lgan alohida e'tibori bilan teatr jamoasining hurmat-e'tiborini qozongan.

G.Mamedova 2013-2018 yillarda respublika miqyosidagi bir qator nufuzli teatr festivallari va ko‘rik tanlovlar qatnashchisi xisoblanadi. Jumladan
 2013 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Theatre.UZ/2013” teatr san'ati festivalida qatnashib, A.Karayevning “Shok” asarida ham postanovka rejissyori, ham aktrisa roli ijrosi uchun maxsus diplom bilan taqdirlandi. 2014 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Debyut” festivalida Shuxrat Rizayevning “Ona” asaridagi bosh qaxramon “Ona” rolini ijro etdi.

G.Mamedova 2018 yil Turkiya davlatining Konya shahrida o‘tkazilgan “Ming nafas bir ovoz” turkiy tillarda sahnalashtirilgan IX Xalqaro festivalida Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasi bilan ishtirok etib, Tunjar Jujan o‘g‘lining “Ko‘chki” spektaklida yaratgan  Momo obrazi teatrshunoslar tomonidan “Eng yaxshi ayol” obrazi deb e'tirof etildi.   Shu yili mazkur spektakl bilan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Samg‘au” VI xalqaro teatrlar festivalida ham ishtirok etib, Qozog‘iston xalq qahramoni, davlat mukofotining sovrindori A.Mambetov  nomidagi maxsus diplom va festival ramzi tushirilgan statuetka spektakl ijodkorlariga  tantanali ravishda topshirildi.

Kadirov Davron Ishimovich

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

 O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Kadirov Davron Ishimovich 1957 yil 25 avgustda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. 1978 yilda Toshkent teatr rassomchilik san'ati insitutini tamomlagan. 1980 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.

2012 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan.

      D.Kadirov respublikamizdagi nufuzli teatrlardan birining qobiliyatli aktyori. U salkam 40 yillik umrini milliy teatr san'ati  va Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri rivojiga bag‘ishlagan teatr fidayisi.

      D.Kadirov shu kunga qadar ijodiy faoliyati davomida 100 dan ortiq rollarni o‘ziga xos mahorat bilan ijro etgan. Aktyorning ijrosidagi rollar o‘zining turli xarakterligi, yorqin va badiiy takomilligi bilan tomoshabinlar hamda teatr mutaxassislari e'tibori va hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

         D.Kadirov ijro etgan rollari bilan  spektakllarda yaratayotgan turli xarakterli qahramonlari kechinmalarini yurakdan his etib, yuksak professional  mahorat bilan obrazni yanada rangin bo‘yoqlarda ifodalaydi. Shuning uchun ham u ijro etgan rollar bir biridan tubdan farq qiladi va ijodkor ularning sifat darajasi yuqori bo‘lishiga intiladi. Jumladan,  H.G‘ulomning “Vomiq va Uzro”  spektaklida  Masud, H.Rasulning “Onasi o‘pmagan qiz” spektaklida Xasan-Xusan, A.Vampilovning “To‘ng‘ich o‘g‘il” spektaklida Kudimov,  A.Ostrovskiyning “Momoqaldiroq” spektaklida  Shapkin, U.Umarbekovning “Qarg‘alar uchsa qaraylik” spektaklida Farxod,  R.Orifjonovning “Uyqusiz tunlar” spektaklida Xolbek, Ya.Stelmaxning “Maysalardan so‘rang” spektaklida I.Zimnuxov,  A.Suyun. S.Abdullaning  “Ezgulik va yovuzlik” spektaklida  Shoxriyev, Uyg‘unning “Zubuniso” spektaklida Shaxzoda Murod, O.Sosenning “Sirli sokinlik” spektaklida I.Trafimov, U.Umarbekovning “Kurort” spektaklida Sh.Qulmamatov,  A.Krimning  “Sohta nikoh” spektaklida  I.Bulanov, F.Shillerning “Makr va muhabbat” spektaklida Ferdinand, Z.Fatxulinning “Yuragida ketdi armoni” spektaklida Ergash,  S.Junusovning “Yangi yil maskaradi” spektaklida Semulyanskiy,  I.Sodiqovning “Ajralish” spektaklida Anvar, E.Shukurovaning “Sunggi qo‘ng‘iroq” spektaklida Sh.Maxmudov, U.Umarbekovning “O‘zing uchun o‘l yetim” spektaklida Farxod, A.Jamolning “Mehribonlar” spektaklida Ajdar,  S.Axmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklida Hakim, M.Ergashning “Saodat yo‘li” spektaklida Basra hokimi, A.Jumayevning “Uch kunlik dunyo” spektaklida  Soldat, H.Rasulning “Qora vabo” spektaklida Ota, S.Sirojiddinovning “Mashmasha” spektaklida Baliqchi chol, E.Xushvaqtning “Qalliy o‘yini” spektaklida Abdunazarboy,  A.Jumayevning “Susanbil” spektaklida Bey,  M.Behbudiyning “Padarkush” spektaklida Nashavand, T.Malikning “Zaxarli tomchilar” spektaklida  Mirqosim,  H.Olimjonning “Semurg‘” spektaklida  Shox, G.Muftizodaning “Unutilgan boylik” spektaklida Qodir,  Sh.Rizayevning “Ona” spektaklida Shox, N.Qobilning “To‘da” spektaklida Ota,  M.Zoshenkaning “Qilmish-qidirmish” spektaklida Qo‘shni va shu  kabi 100 ga yaqin obrazlarni maromiga yetkazib ijro etganligini ta'kidlash lozim.

D.Kadirov Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida 2014-2019 yillarda direktor sifatida faoliyat yuritdi.

Mehnatsevarligi, izlanuvchan va intiluvchanligi, atrofdagilarga, ayniqsa, yoshlarga bo‘lgan alohida e'tibori bilan teatr jamoasining hurmat-e'tiborini qozongan.

Karshibayev Anvar

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

 

Anvar Karshibayev 1954 yil 9 sentyabrda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1983 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan.  1978 yili Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.

Anvar Karshibayev mazkur teatrining jonkuyar  fidoyi aktyorlaridan  hisoblanadi. Aktyor  mehnat faoliyati mobaynida 100 dan ortiq rollarni o‘ziga hos mahorat bilan ijro etgan. A.Karshibayev  ijrosidagi rollar o‘zining turli xarakterligi, yorqin va badiiy takomilligi bilan tomoshabinlar hamda teatr mutaxassislari tomonidan e'tirof etilgan.

A.Karshibayev yaratgan obrazlari rangin buyoqlarda jilolanib, tomoshabinni o‘yga toldiradi, mushohada qilishga da'vat etadi. Jumladan, Z.Fatxulin asari asosida yaratilgan “Yuragida ketdi armoni” spektaklida Jalol, K.Yashin asari asosida yaratilgan “Nurxon” spektaklida Turaxo‘ja Sarkor, Uyg‘un asari asosida yaratilgan “Parvona” spektaklida Murod, A.N.Ostrovskiy asari asosida yaratilgan “Go‘zal erkak” spektaklida Pyer, A.Qaxxor asari asosida yaratilgan “Tobutdan tovush” spektaklida Shoborot, I.Sulton  asari asosida yaratilgan “Donishmandning yoshligi” spektaklida Olamish, U.Ismoilov  asari asosida yaratilgan  “Rustam” spektaklida Mavlon ota, M.Karim asari asosida yaratilgan  “Oy tutilgan tunda” spektaklida Devona, A.Karayev asari asosida yaratilgan  “Shok” spektaklida Doktor, A.Nesin asari asosida yaratilgan “Mirshab, qaroqchi, ayg‘oqchi” spektaklida Ayg‘oqchi, X.Rasul asari asosida yaratilgan   “Qora vabo” spektaklida Narkaman o‘g‘il, M.Bexbudiy asari asosida yaratilgan  “Padarkush” spektaklida Boy, S.Xamroyev asari asosida yaratilgan  “Jasorat yo‘li” spektaklida Mardon ota, M.Ergash asari asosida yaratilgan “Imom Al-Buxoriy” spektaklida Bosh tabib, S.Axmadning “Ufq” asari M.Umarov inssenirovkasi asosidagi “Zirillama tomonlarda” spektaklida Ikrom ota,  Abdulla Qodiriyning “Diyori bakr” asari asosida Maftuna Muxammadaminova insenirovkasi “Toshpo‘lat tajang nima deydi” spektaklida Kalvak Maxsum kabi rollarni maromiga yetkazib ijro etganligi teatr tomoshabinlari va ixlosmandlari tomonidan e'tirof etilgan.

2019 yil 28 sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan “SILK ROAD BAZAAR-2019” festivalida M.Ergashevning “Imom Al-Buxoriy” spektaklida Bosh tabib rolini ijro etdi.

         Mehnatsevarligi, izlanuvchan va intiluvchanligi, atrofdagilarga, ayniqsa, yoshlarga bo‘lgan alohida e'tibori bilan teatr jamoasining hurmat-e'tiborini qozongan.

            Uning ko‘p yillik tajribasi tufayli teatrning rang-barangligi, ommabopligi kundan-kunga ortmoqda.          

 

Mizom Kadirov

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

 Mizom Kadirov 1950 yil 10 oktyabrda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1972 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan va shu yili Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida aktyor sifatida ish boshlagan. Mazkur vazifada 2015 yilda buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

M.Kadirov  shu kunga qadar ijodiy faoliyati davomida 100 dan ortiq rollarni o‘ziga xos mahorat bilan ijro etib kelmoqda. Aktyor ijrosidagi rollar o‘zining hayotiyligi va badiiy takomilligi bilan tomoshabinlar hamda teatr mutaxassislari e'tibori va e'tirofiga sazovor bo‘lgan.

Aktyor spektakllarda yaratayotgan turli xarakterli qahramonlari kechinmalarini yurakdan his etib, yuksak professional mahorat bilan obrazni yanada rangin bo‘yoqlarda ifodalaydi. Shuning uchun ham u ijro etgan rollar bir biridan tubdan farq qiladi va ijodkor ularning sifat darajasi yuqori bo‘lishiga intiladi. Bunday obrazlarni qator sahna asarlarida ko‘rish mumkin. Jumladan, I.Maxsumning “Navoiy Astrobodda” spektaklida Navoiy, U.Shekspirning “Otello” spektaklida Kassio, Brextning “Ona kurash” spektaklida O‘rtanchi o‘g‘il, M.Karimning “Oy tutilgan tunda” spektaklida Darvesh, U.Shekspirning “Romeo va Julyetta” spektaklida Lavrentiy, J.Puarening “Ex Parij, Parij” spektaklida Stefan,   U.Azimning “Bir qadam yo‘l” spektaklida Ota,  S.Axmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklida Boqi,  M.Boboyevning “Qani mening yulduzim” spektaklida Muallif,  Z.Fatxullinning “Yuragida ketdi armoni” spektaklida Sherbek,   U.Umarbekovning “O‘zing uchun o‘l yetim” spektaklida Professor,  G.Muftizodaning “Unutilgan boylik” spektaklida Qodirali, Ch.Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” spektaklida Chekish chol  kabi 100 ga yaqin obrazlarini mohirona ijro etganligini ta'kidlash lozim.

M.Kadirov ijodiy faoliyati davomida qo‘shni davlatlar Rossiyaning Ufa shahrida, Turkmanistonning Chorju, Qozog‘istonning Turkiston, Chimkent shaharlari, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh, Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shaharlarida ham muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan.

  Mehnatsevarligi, izlanuvchan va intiluvchanligi, atrofdagilarga, ayniqsa, yoshlarga bo‘lgan alohida e'tibori bilan teatr jamoasining hurmat-e'tiborini qozongan.

 

Egamova Dilorom Yusupovna

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

 Egamova Dilorom Yusupovna 1959 yil 13 fevralda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. 1982 yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan va shu yili Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.

D.Egamova  shu kunga qadar ijodiy faoliyati davomida 100 dan ortiq rollarni o‘ziga xos mahorat bilan ijro etib kelmoqda. Aktyor ijrosidagi rollar o‘zining hayotiyligi va badiiy takomilligi bilan tomoshabinlar hamda teatr mutaxassislari e'tibori va e'tirofiga sazovor bo‘lgan.

Aktyor spektakllarda yaratayotgan turli xarakterli qahramonlari kechinmalarini yurakdan his etib, yuksak professional mahorat bilan obrazni yanada rangin bo‘yoqlarda ifodalaydi. Shuning uchun ham u ijro etgan rollar bir biridan tubdan farq qiladi va ijodkor ularning sifat darajasi yuqori bo‘lishiga intiladi. Bunday obrazlarni qator sahna asarlarida ko‘rish mumkin. Jumladan, Ya.Stelmaxning “Maysalardan so‘rang” spektaklida K.Kovalyova,  X.Rasulning “Onasi o‘pmagan qiz” spektaklida Laylo-Saodat, R.Orifjonovning “Uyqusiz tunlar” spektaklida Guli, U.Ismoilovning “Rustam” spektaklida Qimmat, S.Axmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklida Muxayyo, Ya.Xudayqulovning “Sud” spektaklida Lobar, M.Boboyevning “Qani mening yulduzim” spektaklida Sanam,  Z.Fatxullinning “Yuragida ketdi armoni” spektaklida Malika, A.Jamolning “Mehribonlar” spektaklida Roxila, S.Jo‘raning “Qasoskor ona” spektaklida Malika,  U.Umarbekovning “O‘zing uchun o‘l yetim” spektaklida Ona va Mahfuza, K.Avazning “Diyonat” spektaklida Chinora, E.Xushvaqtning “Qirmizi olma” spektaklida Momo, X.Rasulning “Qora vabo” spektaklida Ona, J.Puarening “Ex Parij, Parij” spektaklida Sofi,  G.Muftizodaning “Unutilgan boylik” spektaklida Sadoqat, X.Rasulning “Seni sog‘indim” spektaklida Mastura, N.Qobilning “To‘da” spektaklida Ona, T.Yunusning  “Niso xolaning xisobi” spektaklida Zamira,  U.Shekspirning “Romeo va Julyetta” spektaklida Dorifurush, U.Azimning “Bir qadam yo‘l” spektaklida Beg‘am, E.Shukurovaning “Sohiba” spektaklida Zumrad,  O.Ro‘ziboyevning “Merosxo‘r” spektaklida Roziya amma, Ch.Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” spektaklida Inkamol opa, A.Qodiriyning “Diyori bakr” asari asosida M.Muxammadaminova insenirovkasi “Toshpo‘lat tajang nima deydi” spektaklida Yanga va shu  kabi 100 ga yaqin obrazlarini,  shuningdek rejissyor O.Ishmurodovning “Hayot chorrahalarida” videofil'mida Kelin rolini mohirona ijro etganligini ta'kidlash lozim.

 2017 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

2019 yil Samarqand shahrida joylashgan “Bog‘ishamol garden” bog‘ida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasida: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” nomli madaniy meros haftaligi yakuniy anjumanida Dilorom Egamova milliy sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdi.

Rizayeva Gulnora Shonazarovna

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

Rizayeva Gulnora Shonazarovna 1965 yil 24 fevralda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1991 yilda Toshkent davlat san'at institutini tamomlagan. 1983 yildan buyon Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida uzluksiz faoliyat yuritib kelmoqda.

2019 yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

 G.Rizayeva ijodiy faoliyati davomida 100 dan ortiq rollarni o‘ziga xos mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar hamda teatr mutaxassislari e'tibori va hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

G.Rizayeva spektakllarda yaratayotgan turli xarakterli qahramonlari kechinmalarini yurakdan his etadi. Ijodkor ularning sifat darajasi yuqori bo‘lishiga intiladi. Jumladan: I.Hasanovning  “Bir kam dunyo” spektaklida Mansur, J.Mahmudning “Berk ko‘cha” spektaklida Xasan, Sh.Sidiqiyning “Fig‘on” spektaklida Sultona “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklida Nigora, Uyg‘unning “Zebuniso” spektaklida Nargiz, Shillerning “Makr va muhabbat” spektaklida Luiza, M.Karimning “Oy tutilgan tunda” spektaklida Zubarjat, A.Qaxxorning “Tobutdan tovush” spektaklida Xojar,  S.Jo‘raning “Qasoskor ona” spektaklida Malika, J.Puarening “O, Parij, parij” spektaklida Jyuli, A.Chexovning “Ayiq” spektaklida Popova, A.Boboxonovning “Yettinchi jin” spektaklida Feruza, S.Sirojiddinovning “Davr o‘g‘loni” spektaklida Bo‘ston, R.Orifjonovning “Uyqusiz tunlar” spektaklida Guli, A.Jamolning “Mehribonlar” spektaklida Anjelika,  E.Xushvaqtovning “Chimildiq” spektaklida Kelin, E.Xushvaqtovning “Qalliq o‘yini” spektaklida Qo‘shni, G.Muftizodaning “Unutilgan boylik” spektaklida Zeboxon, A.Karayevning “Shok” spektaklida Kotiba, Sh.Rizayevning “Ona” spektaklida Telba ayol, N.Qobilning “To‘da” spektaklida Zulxumor, M.Uyg‘urning “Turkiston tabibi” spektaklida Juvon,  T.Yunusning “Niso xolaning hisobi” spektaklida Zaxro, U.Shekspirning “Romeo va Julyetta” spektaklida Enaga  Aka-uka Grimlarning “Oppog‘oy va yetti gnom” ertagi asosida  S.Xamrayevning “Mittivoylar mamlakatida” asarida Yovuz qirolicha, M. Ergashevning “Imom al-Buxoriy” asarida Basra malikasi, S.Ahmadning “Ufq” asari asosida  M.Umarovning “Zirillama tomonlarda” dramasida Jannat xola va shu  kabi 100 dan ortiq obrazlarni maromiga yetkazib ijro etgan. Ijodkor hayotda ortirgan bilim va ko‘nikmalari bilan rejissyorlarga amaliy yordam berib keladi, jumladan S.Ahmadning “Ufq” asari asosida  M.Umarovning “Zirillama tomonlarda” dramasida ikkinchi rejissyor bo‘lib, rejissyorga juda yaxshi taklif va maslahatlar berdi. Shunga o‘xshash o‘nlab spektakllarda rejissyor yordamchisi sifatida ijod qilgan.

G.Rizayeva respublika miqyosidagi bir qator nufuzli teatr festivallari va ko‘rik tanlovlar qatnashchisi hisoblanadi.  Jumladan, 2004 yilda Toshkent shaxrida o‘tkazilgan yosh rejissyorlar “Debyut” respublika festivalida H.Rasulning “Qora vabo” asarida Kelin roli bilan  ishtirok etib, teatrshunoslar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.  

2013 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Theatre.UZ/2013”  teatr san'ati festivalida  A.Karayevning “Shok” asarida  kotiba roli bilan ishtirok etdi.

2014 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Debyut” festivalida Shuxrat Rizayevning “Ona” spektaklida  Telba ayol rolini ijro etdi.

Tellayev Umirzak Raxmatillayevich

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

        Tellayev Umirzak Raxmatillayevich 1959 yil 23 sentyabrda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. 1981 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san'ati institutini tamomlagan va shu yili Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.

Umirzak Tellayev mazkur teatrda uzluksiz samarali mehnat qilib kelayotgan teatr fidoiylaridan hisoblanadi.

Aktyor o‘z ijodiy faoliyati davomida 100 dan ortiq turli yo‘nalishdagi rollarni moxirona ijro etib kelmoqda. U sahnada davr talabi, tomoshabin didiga mos rang-barang obrazlar yaratib, teatr mutaxassislari va muxlislar e'tiboriga sazovor bo‘lmoqda.

U.Tellayev yuksak betakror iste'dod sohibi, yaratgan obrazlari tabiiy va xayotiydir. Jumladan,    I.Sultonning  “Donishmandning yoshligi”  spektaklida  Ibn Sino, U.Ismoilovning “Rustam” spektaklida  Po‘lat,  A.Qahhorning  “Tobutdan tovush” spektaklida Yusuf,  M.Karimning “Oy tutilgan tunda” spektaklida Yigit,  U.Umarbekovning “O‘zing uchun o‘l yetim” spektaklida  Farhod,  S.Sirojiddinovning “Davr o‘g‘loni” spektaklida  Majidiy,   M.Buhbudiyning “Padarkush” spektaklida  Muallif, G.Muftizodaning “Unitilgan boylik” spektaklida Nurmat,  M.Uyg‘urning  “Turkiston tabibi” spektaklida Tabib, S.Xamroyevning  “Jasorat yo‘li” spektaklida Mardon ota, M.Ergashning “Imom Al-Buxoriy” spektaklida Bosh vazir, S.Axmadning “Ufq” asari M.Umarov inssenirovkasi asosidagi “Zirillama tomonlarda” spektaklida Ikrom ota,  Abdulla Qodiriyning “Diyori bakr” asari asosida Maftuna Muxammadaminova insenirovkasi “Toshpo‘lat tajang nima deydi” spektaklida Saidxo‘ja  kabi rollarni maromiga yetkazib ijro etganligi aktyorning keng imkoniyatlaridan dalolatdir.

2019 yilda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi manosabati bilan sur'atga olingan rejissyor G‘.Shermuxammedovning “Navoiy anjumani” xujjatli filmida Samarqand xokimi rolini mahorat bilan ijro etdi.

U.Tellayev 2017 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” IV-Respublika teatrlarining ko‘rik-festivalida “Ogohlikka da'vat etuvchi spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlangan  S.Xamroyevning “Jasorat yo‘li” spektaklida Ota obrazini yaratdi.

          2019 yil Samarqand shahri I.Karimov ko‘chasida o‘tkazilgan “SILK ROAD BAZAAR-2019” festivali ishtirokchilari va mehmonlari uchun namoyish etilgan M.Ergashevning “Imom Al-Buxoriy” spektaklida Bosh tabib roli bilan ishtirok etdi.

Abdurashidova Mo‘mina

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

 Abdurashidova Mumina 1955 yil 24 dekabrda Qirg‘iziston Respublikasida tavallud topgan. 1980 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san'ati institutini tamomlagan. 1987 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga ishga qabul qilingan. Mazkur lavozimda 2015 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

M.Abdurashidova  shu kunga qadar ijodiy faoliyati davomida 50 dan ortiq rollarni o‘ziga xos mahorat bilan ijro etib kelmoqda. Aktyor ijrosidagi rollar o‘zining hayotiyligi va badiiy takomilligi bilan tomoshabinlar hamda teatr mutaxassislari e'tibori va e'tirofiga sazovor bo‘lgan.

Aktyor spektakllarda yaratayotgan turli xarakterli qahramonlari kechinmalarini yurakdan his etib, yuksak professional mahorat bilan obrazni yanada rangin bo‘yoqlarda ifodalaydi. Shuning uchun ham u ijro etgan rollar bir biridan tubdan farq qiladi va ijodkor ularning sifat darajasi yuqori bo‘lishiga intiladi. Bunday obrazlarni qator sahna asarlarida ko‘rish mumkin. Jumladan, A.Krimning Soxta nikoh” spektaklida Masha,  S.Junusovning “Yangi yil maskaradi” spektaklida Hamshira, M.Karimning “Oy tutilgan tunda” spektaklida Shafaq, I.Sodiqovning “Ajralish” spektaklida Qizlarxon, O‘.O‘marbekovning “O‘zing uchun o‘l yetim” spektaklida Maxfo‘za, A.Jamolning “Mehribonlar” spektaklida Masuda, S.Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”  spektaklida Bashorat,  M.Po‘latning “Qo‘shnilar” spektaklida Orzuxon, A.Suyunning “Ezgulik va yovuzlik” ertak- spektaklida Kampir, X.Rasulning “Qora vabo”  spektaklida Ona,  E.Xushvaqtovning  “Qalliq o‘yini” spektaklida Momo, E.Shukurovaning “Soxiba” spektaklida Salomat, E.Xushvaqtning “Andishali kelinchak” spektaklida Qo‘shni, U.Azimning “Bir qadam yo‘l” spektaklida Saodat,   O.Ro‘ziboyevning “Merosxo‘r” spektaklida  Amma va shu  kabi  obrazlarini ijro etganligini ta'kidlash lozim.

Rustamov Bekpulot Turgunovich

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri birinchi toifali artisti

 Rustamov Bekpulot turgunovich  1969 yil 3 iyulda samarqand viloyati, Narpay tumanida tavallut topgan.

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida 1986 yildan buyon uzluksiz faoliyat yuritib kelmoqda.

Bekpulot Rustamov ayni paytda teatrning yetakchi, ustoz san'atkorlaridan biri sanaladi. U o‘z ijodiy faoliyati davomida 100 dan ortiq turli yo‘nalishdagi rollarni mohirona ijro etdi. U sahnada davr talabi, tomoshabin didiga mos, rang-barang obrazlar kashf etib, muxlislarning ixlos, e'tibor olqishlariga sazavor bo‘lmoqda.

B.Rustamovning spektakllarda yaratgan obrazlari teatrshunos mutaxassislar tomonidan atroflicha tahlil etilib, uning ijro mahorati yuqori baholandi.

B.Rustamovning ijro mahorati respublikamizning barcha viloyatlarida teatrining ijodiy gastrol safarlari davomida ham e'tiroflarga sazovor bo‘lgan.

B.Rustamov mehnatsevarligi, izlanuvchan va intiluvchanligi, atrofdagilarga, ayniqsa, yoshlarga bo‘lgan alohida e'tibori bilan teatr jamoasining hurmat-e'tiborini qozongan.

B.Rustamov respublika miqyosidagi bir qator nufuzli teatr festivallari va ko‘rik tanlovlar qatnashchisi xisoblanadi.

U viloyat miqyosida o‘tkaziladigan deyarli barcha ommaviy tadbirlar ishtirokchisi va tashkilotchisidir.

Mardonov Otabek Davronovich

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

 Mardonov Otabek Davronovich 1975 yil 12 mayda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. 1997 yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. 1999 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.

O.Mardonov o‘tgan davr mobaynida mazkur teatrda turli lavozimlarda faoliyat yuritdi.

 Mazkur vazifada 2019 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O.Mardonov mamlakatimizdagi nufuzli, otaxon teatrlardan birining qobiliyatli aktyori.

Otabek Mardonovning serqirra qobiliyati bilan yaratilgan rollar o‘zining turli xarakterligi, yorqin va badiiy takomilligi bilan tomoshabinlar hamda teatr muxlislarining yuksak e'tirofiga sazovor bo‘lgan. Mehnat faoliyati davomida O.Mardonov 50 dan ortiq rollarni o‘ziga xos mahorat bilan ijro etib kelmoqda.

Aktyor har bir spektaklda yaratayotgan turli xarakterdagi qaxramonlari kechinmalarini yurakdan his qiladi. Shu boisdan ham u o‘ziga biriktirilgan rolni yuksak professional mahorat bilan yanada yorqin ifodalaydi. Va shu rol orqali asar qaxramonining to‘liq obrazini chiqarib bera oladi. Otabek Mardonovning har bir ijro etgan  roli bir-biridan tubdan farq qiladi va ijodkor ularning sifat darajasini yuqori bo‘lishiga intiladi.

Jumladan, E.Xushvaqt asari asosida yaratilgan “Qirmizi olma” spektaklida Abbos, X.Rasul asari asosida yaratilgan “Qora vabo” spektaklidagi  Giyohvand yigit, Yorqin asari asosida yaratilgan “Sehrlangan tandir” spektaklida Botir, U.Umarbekov asari asosida yaratilgan “O‘zing uchun o‘l yetim” spektaklida Tohir, X.Xursandov asari asosida yaratilgan  “Kampir topaymi dadajon” spektaklida Sobir, X.Nizomiddinov asari asosidagi “Zumrasha” spektaklda Zumrasha, A.Jumayev asari asosida yaratilgan “Uch kunlik dunyo” spektaklda Chuchuk, M.Behbudiy asari asosida yaratilgan “Padarkush” spektaklida Toshmurod boyvachcha, T.Malik asari asosida yaratilgan “Zaharli tomchilar”  spektaklida Qamar kabi obrazlarni maromiga yetkazib ijro etganligini ta'kidlash o‘rinli.

        O.Mardonov ijodiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishi bilan bir qatorda jamoat ishlarida ham juda faol ishtirok etib keladi. O.Mardovni turli xayriya tadbirlar, obodonlashtirish ishlarining yetakchisi va tashkilotchisi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ochilov Utkirjon Umarqulovich

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri oliy toifali artisti

 Ochilov Utkirjon Umarqulovich 1973 yil 29 mayda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1996 yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. 2007 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.

          U.Ochilov shu kunga qadar ijodiy faoliyati davomida 100 dan ortiq rollarni o‘ziga xos va takrorlanmas mahorat bilan ijro etgan. Aktyorning ijrosidagi rollar o‘zining turli xarakterga ega ekanligi, yorqin va badiiy takomilligi bilan tomoshabinlar hamda teatr mutaxassislari e'tibori va hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Aktyor spektakllarda yaratayotgan turli xarakterli qahramonlari ichki kechinmalarini yurakdan his etib, o‘zining yuksak professional mahorati bilan obrazni yanada o‘ziga xos timsolda ifodalaydi. Shuning uchun ham u ijro etgan rollar bir biridan tubdan farq qiladi va ijodkor ularning sifat darajasi yuqori bo‘lishiga intiladi. Jumladan: E.Xushvaqtning “Andishali kelinchak” spektaklida Arslonbek, J.Puarening “Yolg‘onning umri” spektaklida Antuan, T.Malikning “Zaharli tomchilar” spektaklida Qamar, H.Olimjonning “Semurg‘” spektaklida Shahzoda, G.Muftizodaning “Unutilgan boylik” spektaklida Zokirxon,  Yorqinning “Qora shoxning shoxi sindi” spektaklida Qora shox, E.Usmonovning “Vasvasa” spektaklida Begimqul, H.Rasulning “Sizni sog‘indim” spektaklida Soliboy, E.Shukurovaning “Soxiba” spektaklida Yoqub, Sh.Rizayevning “Ona” spektaklida Roviy va Shox, A.Karayevning “Shok” spektaklida Naynov Graf, N.Qobulning “To‘da” spektaklida Ota, M.Zoshenkoning “Qilmish-qidirmish” spektaklida Oldi Sotdiyev, M.Uyg‘urning “Turkiston tabibi” spektaklida Hamdamboy, U.Shekspirning “Romeo va Julyetta” spektaklida Hokim, U.Azimning “Bir qadam yo‘l” spektaklida Shokir, O.Ro‘ziboyevning “Merosxo‘r” spektaklida Rustam, T.Yunusning “Niso xolaning hisobi” spektaklida Qo‘shni, A.Qodiriyning “Toshpo‘lat tajang nima deydi” spektaklida Toshpo‘lat tajang, Ch.Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” spektaklida Rais Tinaliyev, M.Ergashevning “Imom Al-Buxoriy” spektaklida Basra hokimi va shu  kabi 100 dan ziyod obrazlarni maromiga yetkazib ijro etganligini ta'kidlash lozim.

U.Ochilov respublika miqyosidagi bir qator nufuzli teatr festivallari va ko‘rik tanlovlar qatnashchisi xisoblanadi.  Jumladan, 2014 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Debyut” festivalida Shuxrat Rizayevning “Ona” spektaklida Roviy-shox , 2017 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston teatrlarining IV-Respublika “Seni kuylaymiz zamondosh”  ko‘rik-festivalida J.Hamroyevning “Jasorat yo‘li” spektaklida MXX bo‘limi boshlig‘i rollari bilan faol ishtirok etdi. 2019 yil  Samarqand shahrida joylashgan “Bog‘ishamol garden” bog‘ida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasida: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” nomli madaniy meros haftaligi yakuniy anjumanida va shu yili Samarqand shahrida o‘tkazilgan “SILK ROAD BAZAAR-2019” festivalida M.Ergashevning “Imom Al-Buxoriy” spektaklida Basra hokimi rolini mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Rasulov Qosim Abdurashid o‘g‘li

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri birinchi toifali artisti

          Rasulov Qosim Abdurashid o‘g‘li 1992 yil 2 sentyabrda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tavallud topgan. 2011 yil Navoiy Madaniyat va san'at kollejining aktyorlik san'ati  yo‘nalishini tamomlagan. 

U o‘z ijodiy faoliyati davomida 30 dan ortiq turli xarakterdagi bosh va asosiy rollari bilan muxlis hamda mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘lgan, ijro etgan rollari  F.Komiljonovning “Nurli yul” spektaklida Sobir,  N.Qobilning “To‘da” spektaklida  Jaxon,  Sh.Rizayevning “Onaspektaklida O‘smir o‘g‘il,  G.Naxusrishvilining Mittivoy” spektaklida  Mittivoy,  M.Ergashevaning “Oltin toj”spektaklida  Yalmog‘iz kampir,  X.Rasulning “Ona mexri” spektaklida  Aposim, “Arvug‘on”da  Bolta , T.Malikning “Zaharli tomchilar” spektaklida Salim,  V.Shekspirning “Romeo va Juletta” spektaklida  Gregorio, S.Xamroyevning “Oqpadar” spektaklida Amir, T.Yunusning “Niso xolaning xisobi” spektaklida Mavlon,  Ch.Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” spektaklida Sultonmurod   kabi obrazlari teatrshunoslar va tomoshabinlar diqqatiga sazovor bo‘ldi.    

         2017 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!”  IV-Respublika teatrlarining ko‘rik-festivalida “Ogohlikka da'vat etuvchi spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi S.Xamroyevning “Jasorat yo‘li” spektaklida asosiy  qahramon Amir obrazini yaratdi.      

         2018 yil   Toshkent shahrida o‘tkazilgan “DEBYUT-2018” V respublika ko‘rik-festivalida  ishtirok etgan X.K.Andersonning “Yalang‘och qirol” spektaklida Vazir obrazini yaratdi.

Ruziyev Mamaniyoz Ishniyoz o‘g‘li

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri birinchi toifali artisti

 Ruziyev Mamaniyoz Ishniyoz o‘g‘li  1992 yil 27 iyulda  Samarqand  viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2010 yilda  Payshanba kompyuter texnologiyalari kollejini tamomlagan. 2011 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.

U o‘z ijodiy faoliyati davomida 20 dan ortiq turli xarakterdagi bosh va asosiy rollari bilan muxlis hamda mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘lgan. Ijro etgan rollari M.Komiljonovning “Nurli yo‘l” spektaklida Churton baliq Karim,  Yorqinning “Qora shohning shohi sindi” spektaklida Olmaxon, G.Muftizodaning “Unutilgan boylik” spektaklida Ravshan, T.Malikning “Zaxarli tomchilar” spektaklida Zokir, Sh.Rizayevning “Ona” spektaklida O‘smir o‘g‘il,  N.Qobilning “To‘da” spektaklida Samandar, M.Uyg‘urning “Turkiston tabibi” spektaklida Eshimqul,  V.Shekspirning “Romeo va Juletta” spektaklida  Merkusio, S.Xamroyevning “Oqpadar” spektaklida  Bohodir, Aka-uka Grimlarning  “Oppog‘oy va yetti gnom” ertagi asosida sahnalashtirilgan “Mittivoylar mamlakati” spektaklida Quvnoqvoy,  A.Qodiriy hajviyalari M.Muhammadaminova inssenirovkasi asosida sahnalashtirilgan  “Toshpo‘lot tajang nima deydi ?”  spektaklida Shilg‘ay shoir, Ch.Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” spektaklida Qubbatqul kabi obrazlari teatrshunoslar va tomoshabinlar diqqatiga sazovor bo‘ldi.

U nafaqat sahnada, balki kundalik mehnat faoliyatida ham ma'suliyatli xodim. Teatr jamoat ishlarida va tashkil etilayotgan xayriya tadbirlarida juda faol, bir nechta madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkilotchisi va doimiy ishtirokchisidir.

Ismoilov Nodirbek Olimovich

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri birinchi toifali artisti

N.Ismoilov 1988 yil 7 dekabrda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2008 yil Navoiy Madaniyat va san'at kollejini tamomlagan.
2011 yildan  Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida aktyor sifatida ish boshlagan.

U o‘z ijodiy faoliyati davomida 20 dan ortiq turli xarakterdagi bosh va asosiy rollari bilan muxlis hamda mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘lgan. ijro etgan rollari  F.Komiljonovning “Nurli yul” spektaklida Xasan,  N.Qobilning “To‘da” spektaklida  Vaqqos,  G.Naxusrishvilining Mittivoy” spektaklida  Bo‘ri,  M.Ergashevaning “Oltin toj”spektaklida  Shahzoda,  X.Rasulning “Ona mexri” spektaklida  Jayron, “Arvug‘on”da  Uchqun , V.Shekspirning “Romeo va Juletta” spektaklida  Baltazar, S.Xamroyevning “Oqpadar” spektaklida Abduraxim, Ch.Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” spektaklida Onatoy,   X.K.Andersonning “Yalong‘och qirol” spektaklida Qirol,  Aka-uka Grimlarning “Oppog‘oy va yetti gnom” ertagi S.Hamroyev inssenirovkasi asosida sahnalashtirilgan  “Mittivoylar mamlakati” ertak tomoshasida Yuvvoshvoy  kabi obrazlari teatrshunoslar va tomoshabinlar diqqatiga sazovor bo‘ldi. 

2017 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!”
  IV-Respublika teatrlarining ko‘rik-festivalida “Ogohlikka da'vat etuvchi spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi S.Xamroyevning “Jasorat yo‘li” spektaklida Abdurahim obrazini yaratdi.

2018 yil   Toshkent shahrida o‘tkazilgan “DEBYUT-2018” V respublika ko‘rik-festivalida  ishtirok etgan X.K.Andersonning “Yalang‘och qirol” spektaklida Qirol obrazini yaratdi.

N.Ismoilov o‘z ishining fidoyisi, o‘ziga va hamkasblariga nisbatan talabchan, doimiy izlanish va o‘rganish bilan band bo‘lgan ijodkor.

Mehnatsevarligi, izlanuvchan va intiluvchanligi bilan teatr jamoasining hurmat- e'tiborini qozongan.


Oxirgi o‘zgarish: 22/01/2024 20:53;   Ko‘rilganligi: 226
 
Material manzili: https://kattateatr.uz/about/theater-staff
Chop etilgan vaqti: 19/09/2024 09:18
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing